Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida kursdagi farqlarni qanday hisobga olish mumkin
Oʻtgan yil yakunlari boʻyicha salbiy kurs farqi ijobiydan oshib ketdi. Biroq, joriy yilning I va II choraklari natijalariga koʻra, farqdagi ijobiy kurs salbiydan oshdi. Ortgan summani boshqa daromadlar tarkibiga kiritish lozimmi (aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobiga 1-ilovaning 0410-satri)? Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi uchun ijobiy kurs farqi oshishini qanday toʻgʻri hisobga olish mumkin: hisobot davri - chorak boʻyichami yoki soliq davri - kalendar yil boʻyichami?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo soliq solish ob’yekti deb e’tirof etiladi
.
Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda hisobot davrida hosil boʻlgan kurs farqlarining ijobiy saldosi mavjud: I chorak, yarim yil, 9 oy, bir yil.
Ulgurji savdo korхonasidagi kurs farqi bilan bogʻliq koʻrsatkichlar dinamikasini (aylanmadan olinadigan soliq- 4%) misolda koʻrib chiqamiz.
Korхonada I, II chorakda kursdagi ijobiy farq mavjud va unga aylanmadan olingan soliq hisoblanadi. III chorakda kursdagi salbiy farq yuzaga keldi, shu bois 9 oylik yakunlari boʻyicha kurs farqlari sababli daromad summasi kamaytirilgan. IV chorakda kursdagi salbiy farq jamgʻarilgan ijobiy farq kursidan oshgan, shu sababli yil yakunlariga koʻra bunday daromad yoʻq - 12 oy uchun Aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida Xisob-kitobga 1-ilovaning 0410-satri toʻldirilmaydi:
|
Davr |
Kurs farqi (mln soʻm.) |
Saldo |
Aylanmadan olinadigan soliq 4%lik stavkada |
||
|
Ijobiy |
Salbiy |
Chorak uchun |
Hisobot davri uchun |
||
|
I chorak |
148 |
104 |
44 |
44 |
1,76 |
|
II chorak |
54 |
25 |
29 |
73 |
2,92 |
|
III chorak |
30 |
47 |
-17 |
56 |
2,24 |
|
IV chorak |
20 |
77 |
-57 |
-1 |
- |
. Bizning misolimizda salbiy farq summasi (1 mln. soʻm) aylanmadan olinadigan soliqning umumiy bazasini kamaytirmaydi.
![]()