9 oyni xatolarsiz yopamiz:
QQS toʻlovchisi aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga oʻtishga qaror qildi. Ushbu oʻtishni qanday toʻgʻri rasmiylashtirishni buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ QQS ma’murchiligi boshqarmasi katta soliq inspektori Fazliddin ShAMSIYeV tushuntirdi:
- Agar, soʻnggi kalendar yil davomida soliq toʻlovchining soliq solinadigan aylanmasi hajmi 1 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa u soliq organlariga QQS toʻlovchilar roʻyxatidan ixtiyoriy tartibda roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishga haqli. Bunday ariza yil tugaganidan keyin 5 kun ichida taqdim etilishi zarur
.
Bunday ariza asosida soliq toʻlovchi SKning 461-moddasiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash huquqiga ega boʻladi.
E’tibor bering - Soliq kodeksi hech qanday holatlarda aylanmadan olinadigan soliq toʻlashlari mumkin boʻlmagan shaxslar doirasini belgilaydi
. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) Oʻzbekistonning bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
2) aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
3) yuridik shaxslar - qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 50 gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlsa;
4) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
5) lotereyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga - oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat boʻyicha;
7) boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori boʻlgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi boʻyicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan ob’yektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
9) alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish boʻyicha turgʻun savdo shaxobchalariga;
10) bozorlarga va savdo komplekslariga.
Xabarnoma (ariza) shakli soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetida mavjud, biroq hozirgi vaqtda undan foydalanish imkoniyati yoʻq. U aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtish toʻgʻrisida ariza berilgan davrda, ya’ni 1 dan 5 yanvarga qadar faollashtiriladi.
Shaklni quyidagi joylardan birida topish mumkin, ulardan birini toʻldirish yetarli:
1. “QQC toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish” interaktiv xizmatida yanvarda “QQS soligʻidan voz kechish” qoʻshimcha menyusi paydo boʻladi (2-skrinshotda ushbu joy qizil bilan belgilangan):


2. “YuSh hisobotini joʻnatish” interaktiv xizmatida:

Ta’kidlab oʻtamanki, Soliq toʻlovchilarini qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga asosan ariza yil tugagan paytdan e’tiboran 5 kun ichida joʻnatilishi kerak.
Ariza (xabarnoma) asosida soliq organlarining hududiy boshqarmasi QQS toʻlovchisi guvohnomasini bekor qiladi va shaxsiy kartochkani tadbirkorlik sub’yekti hisobga olingan DSIga topshiradi. Xabarnoma joʻnatilgan paytdan e’tiboran 5 kun ichida soliq toʻlovchi joriy yilning yanvaridan boshlab uning QQS toʻlovchisi raqami bekor qilinganligi va u aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanishi toʻgʻrisida xabarnoma oladi. Bunday xabarnoma olingan paytdan e’tiboran soliq ma’murchiligining barcha masalalari boʻyicha hisobga olingan joydagi DSIga murojaat qilish zarur.
Oleg GAYeVOY tayyorladi