Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
7 iyul kuni Prezident uzumni shpaler usulida yetishtiruvchi fermerlar va vinoni eksport qiluvchilar uchun imtiyozlarni e’lon qildi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida:
Xususan, quyidagilar rejalashtirilmoqda:
- Oʻzbekistonning 44 ta tumanida yangi eksportbop uzum plantatsiyalari tashkil etish, uzumni qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirishning toʻliq siklini yaratish uchun vinochilik klasterlari tashkil etish;
- vinochilik klasterlariga uzumni qayta ishlash, mayiz quritish va qadoqlash uskunalarini sotib olish uchun imtiyozlar berish;
- tabiiy vinolarga nisbatan aksiz soligʻini bekor qilish;
- sertifikatlangan yangi uzum plantatsiyalarining har bir gektariga 10 mln soʻmdan subsidiya berish;
- shpaler oʻrnatish хarajatlarining 30%gacha qismini byudjetdan qoplash;
- uzumchilikda qoʻllaniladigan asbob-uskunalar va teхnikalarni bojхona toʻlovlaridan ozod etish;
- yetishtirilgan hosil 30%igacha eksport qilinsa, daromad va mulk soliqlarini 30%ga, eksport 30%dan oshsa, 2 baravarga kamaytirish;
- eksport qilingan har bir litr tabiiy vino uchun, 5 ming soʻm subsidiya ajratish.
Yigʻilish chogʻida davlatimiz rahbari uzumchilikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boshqa chora-tadbirlarni ham muhokama qildi. Manbaga qarang.
E’tibor bering!
Sizga tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi