9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2018 yilda xaridor quruvchi bilan yangi uyda kvartira sotib olish uchun shartnoma tuzdi. Shartnoma summasi QQSsiz boʻldi, sababi quruvchi ushbu soliqning toʻlovchisi boʻlmagan. Oʻsha yilning oʻzida xaridor shartnoma boʻyicha barcha summani toʻlagan.
Uy qurilishi yakunlangandan keyin 2021 yilda quruvchi kvartirani xaridorga oʻtkazishni rad etdi va unga 2019 yildan boshlab u toʻlovchiga aylanganligi munosabati bilan QQS summasiga shartnoma qiymatini oshirilishi uchun shartnomaga qoʻshimcha kelishuv tuzish toʻgʻrisida xabarnoma yoʻlladi.
Quruvchining bunday vaziyatda qoʻshimcha toʻlov toʻgʻrisidagi talabi qonuniymi, buni buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligining Bilvosita soliqlar va bojxona toʻlovlari metodologiyasi boʻlimi boshligʻi Bahodir BOYQABILOV tushuntirdi:

- Tovarga (mazkur holda - kvartiraga) boʻlgan mulk huquqini haq evaziga oʻtkazish - bu QQS solinadigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
. Koʻchmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxs tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha xaridorga koʻchmas mol-mulk berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi
.
Agar kvartirani sotib olish uchun shartnoma 2018 yilda QQSsiz tuzilgan boʻlsa, quruvchi esa 2019 yilda ushbu soliq toʻlovchisiga aylangan boʻlsa, shartnoma qiymatini QQS summasiga ehtimoliy oshirish masalasi tomonlar kelishuviga binoan hal qilinishi kerak.
Agar xaridor shartnoma summasini oshirish uchun qoʻshimcha kelishuvni imzolashga rozi boʻlmasa, quruvchi kvartirani ilgari kelishilgan qiymat boʻyicha oʻtkazishi kerak (agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa). Shunda quruvchi byudjetga QQSni shartnomada belgilangan boshlangʻich summadan toʻlashiga toʻgʻri keladi.
Agar tomonlar kelishuvga erishmasa, masalani sud tartibida hal qilish mumkin.
