9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Har bir buxgalter har qanday tovar va tayyor mahsulotning tannarxi boʻlishini biladi. Uni turli uslubiyatni qoʻllagan holda hisoblaydilar. Har bir mahsulot turi uchun normativ kalkulyatsion karta mavjud boʻlib, unda xom ashyo, energoresurslar va h.k. uchun normativ xarajatlar aks ettiriladi. Bunday kartalarni tuzishda korxonalar GOSTlar, TShlar, oʻz laboratoriya tadqiqotlariga amal qilishadi. Xizmatlar tannarxi bilan qanday yoʻl tutish lozim? Uni hisoblash zarurmi yoki yoʻq? Va buni qanday toʻgʻri amalga oshirish mumkin?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Profi Training biznes-murabbiyi, MHXS va boshqaruv hisobi boʻyicha ekspert Aleksandra TOLMAChEVA javob berdi:
- Eng avvalo keling - mazkur xizmatni koʻrsatish uchun biz chiqimlar qilamizmi, degan savolga javob beraylik. Javob ochiq-oydin, binobarin, xizmatlar tannarxini hisoblash zarur. Bunday hisob-kitobga misolni koʻrib chiqamiz.
Korxona sifat menejmenti tizimini (ISO) sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Korxonada 10 000 000 maosh bilan 4 nafar shtatdagi ISO mutaxassislar ishlaydi.
ISO mutaxassislar xizmatlar koʻrsatgan holda:
1) noutbuklardan foydalanishadi.
Har birining boshlangʻich qiymati - 3 000 000 soʻm. Kompaniyaning buxgalteriya hisob siyosatiga asosan 10 BHMdan yuqori qiymatdagi moddiy aktivlar asosiy vositalarga kiradi. Eskirish usuli - toʻgʻri chiziqli, eskirishning yillik normasi - 5 yil;
2) internet va uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishadi. ISO mutaxassislarga ajratilgan raqamlar boʻyicha uyali aloqa xizmatlari qiymati - 1 200 000 soʻm. Tashkilot boʻyicha umuman internet xizmatlari qiymati - 1 000 000 soʻm;
3) kanstovarlarni sarflashadi. Joriy oy uchun ularning qiymati 500 000 soʻmni tashkil etdi.
Kompaniyaning byudjeti boʻyicha xizmatlar kalkulyatsiyasida rejali qoʻshimcha xarajatlar qiymati - 90%.
|
Xarajatlar moddalari |
Summa (soʻmda) |
Hisob-kitob |
|
Auditorlar mehnatiga haq toʻlash |
40 000 000 |
10 000 000 maosh x 4 kishi |
|
Ijtimoiy soliq |
4 800 000 |
40 000 000 x 12% |
|
Noutbuklarning eskirishi |
200 000 |
3 000 000 x 4 dona x 20% : 12 oy |
|
Internet xizmatlari |
900 000 |
1 000 000 x 90% |
|
Kanstovarlar |
500 000 |
|
|
Uyali aloqa xizmatlari |
1 200 000 |
|
|
JAMI: |
47 600 000 |
|
Oy davomida ISO mutaxassislar uchta: “A”, “B”, “V” loyihalarida mashgʻul boʻlishdi. Shu davr uchun auditorlarning har biri 160 soat ishlab berdi.
Loyihalarda bandligi boʻyicha taqsimlanishi:
|
|
“A” loyihasi |
“B” loyihasi |
“V” loyihasi |
|
1-mutaxassis |
80 |
60 |
20 |
|
2-mutaxassis |
70 |
50 |
40 |
|
3-mutaxassis |
30 |
90 |
40 |
|
4-mutaxassis |
20 |
50 |
90 |
|
JAMI |
200 soat |
250 soat |
190 soat |
Korxonaning buxgalteriya hisob siyosatiga asosan xarajatlar mutaxassislar tomonidan har bir loyihada ishlab berilgan vaqt boʻyicha taqsimlanadi. ISO mutaxassisning 1 soat ishi uchun xarajatlar stavkasi:
47 600 000 : 640 soat = 74 375 soʻm/soat.
|
|
“A” |
“B” |
“V” |
|
Loyihaning tannarxi |
74 375 soʻm/soat x 200 soat = 14 875 000 |
74 375 soʻm/soat x 250 soat = 18 593 750 |
74 375 soʻm/soat x 190 soat = 14 131 250 |
Har bir loyiha boʻyicha hisobni yuritish uchun elektron tabelni yuritish mumkin. Uni xizmatlar koʻrsatishda band boʻlgan har bir xodim mustaqil ravishda toʻldiradi, kadrlar boʻlimi esa ushbu jarayonni nazorat qiladi.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
|
Xoʻjalik muomalasining mazmuni |
Summa |
Debet |
Kredit |
|
Ish haqi hisoblash |
40 000 000 |
||
|
Ijtimoiy soliq hisoblash |
4 800 000 |
||
|
Amortizatsiya hisoblash |
200 000 |
||
|
Aloqa, internet xizmatlari |
2 100 000 |
||
|
Kanstovarlarni hisobdan chiqarish |
500 000 |
||
|
“A” loyihasiga xarajatlarni qayta taqsimlash |
14 875 000 |
||
|
“B” loyihasiga xarajatlarni qayta taqsimlash |
18 593 750 |
||
|
“V” loyihasiga xarajatlarni qayta taqsimlash |
14 131 250 |
Shubhasiz, agar texnologik jarayon - qoʻp qirrali va mahsulotni toʻliq tugallash uchun koʻp bosqichlarni oʻz ichiga olsa, xizmatlar koʻrsatish xarajatlari hisob-kitobi ancha murakkab boʻlishi mumkin. Har qanday holda korxonaning buxgalteriya hisob siyosatida xizmatlar tannarxi hisob-kitobi boʻyicha tartib va hujjat aylanishini tasdiqlang.
