9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Yagona ta’sischi - jismoniy shaxs MChJdagi oʻz ulushini boshqa jismoniy shaxsga sovgʻa qilishi mumkinmi? Hadya qilish jarayoni qanday qonun hujjatlari bilan tartibga solingan va u qanday tartibda amalga oshiriladi? Bunda soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikrom ABDULQODIROV tushuntirdi:
- Ha, jismoniy shaxs oʻz ulushini boshqa jismoniy shaxsga sovgʻa qilishi mumkin. MChJ ishtirokchisining (shu jumladan - yagona ishtirokchisining) hadya qilish yoʻli bilan oʻz ulushidan voz kechish huquqi Fuqarolik kodeksi va “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solingan.
Mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar fuqarolik huquqlari ob’yektlariga kiradi
. Fuqarolik huquqlarining ob’yektlari erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada boʻlishi cheklab qoʻyilmagan boʻlsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi mumkin (
).
Oʻz ulushini (ulushning bir qismini) uchinchi shaxslarga sotishi yoki oʻzga tarzda voz kechishiga yoʻl qoʻyiladi, basharti bu jamiyat ustavida taqiqlanmagan boʻlsa
.
Ulushning uni sotishga qaraganda oʻzgacha tarzda voz kechish yoʻli bilan oʻtkazish tushunchasi FKning 502-moddasida biriktirilgan hadya shartnomasining yuridik konstruksiyasiga muvofiq keladi. Xususan, hadya shartnomasiga muvofiq bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga oʻziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni oʻzi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Ulushni sotishga qaraganda oʻzgacha tarzda voz kechishni (hadya qilish) rasmiylashtirish tartib-taomili “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasida yozilgan
.
Jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, agar uni notarial shaklda amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jamiyatning ustavida nazarda tutilmagan boʻlsa, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Ulushdan (ulushning bir qismidan) voz kechishga doir bitimning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emas deb topilishiga olib keladi
.
Ulushdan voz kechilgandan keyin MChJ ishtirokchilarining tarkibi oʻzgarishi bois, ustavning yangi tahriri tasdiqlangan kundan e’tiboran 30 kun ichida MChJni qayta roʻyxatdan oʻtkazish zarur
.
Soliq oqibatlari
UFdagi ulushni bepul olgan jismoniy shaxsda daromad yuzaga keladi. Jismoniy shaxslardan bepul olingan mol-mulk va mulkiy huquqlar (shu jumladan - hadya shartnomalari boʻyicha) jismoniy shaxslarning boshqa daromadlariga kiradi
.
Ushbu daromadga deklaratsiya asosida JShDS solinadi
.
Agar MChJ ishtirokchisi UFdagi ulushni yaqin qarindoshiga (ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari yoki opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi hadya qilsa, hadya oluvchi JShDS boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin
. Soliq bu holda toʻlanmaydi”.
Mavzuga doir materiallar: