9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi. 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi. Bu Prezidentning “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Umumiy ovqatlanish korxonalari quyidagi soliqlar boʻyicha 2021 yil 15 avgust holatiga koʻra mavjud qarzdorlikni kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqiga ega boʻlishdi:
- aylanmadan olinadigan soliq;
- foyda soligʻi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
- yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
- yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq.
Shuningdek - barcha soliqlar va yigʻimlar boʻyicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar boʻlgan davrda foizlarni undirmasdan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda teng miqdorlarda kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi.
Norma.uz materiallari asosida