Soliq nizolarida ekspertiza

preview

Agar yuzaga kelayotgan masalalarni tushuntirish uchun maxsus bilimlar talab etilsa, soliq nazorati doirasida ekspertiza tayinlanadi. Ayniqsa bu foyda soligʻi va QQS boʻyicha tekshiruvlarda dolzarbdir. Bunda buxgalteriya hisobi va huquq masalalari boʻyicha ekspertiza tayinlanmaydi. Nima uchun ekanligini - “Norma”ning yuridik masalalar boʻyicha eksperti, advokat Eleonora MAZUROVA tushuntirdi:

 

- Dastlabki holatda soliq organi xodimlari buxgalteriya hisobi, soliq solish va huquq sohasida oʻzlari, qoʻshimcha mutaxassislarni jalb qilmagan holda bilimga ega boʻlishlari kerak. Loaqal, ularning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha. Ya’ni ekspert soliq organi oʻzi mustaqil ravishda bilishi va hal qilishi shart boʻlgan savollarga javob bermaydi.

Ekspertiza fan, san’at, texnika yoki hunar masalalari boʻyicha tayinlanishi mumkin.

Amaliyotda yirik va juda yirik soliqqa oid qonunbuzarliklarni aniqlash imkonini berishi mumkin boʻlgan ekspertizalar afzal deb bilinadi. Har qanday ekspertizani oʻtkazish - byudjet uchun ancha qimmatga tushadigan tartib-taomil, ekspert soliq organi va ekspert oʻrtasida shartnoma asosida jalb qilinadi. Shu bois mayda masalalar ekspertizasiz hal qilinadi.

E’tibor bering
Ekspertiza tayinlanishi soliq organlariga tekshiruvni oʻtkazish muddatini uzaytirish imkonini beradi. Jumladan, soliq auditini oʻtkazish muddati 2 oygacha, alohida hollarda esa - uning tayinlanishi munosabati bilan 3 oygacha uzaytirilishi mumkin .

Soliq toʻlovchining asosiy huquqlaridan biri - ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishish. Bu haqda bayonnoma tuziladi, u tekshirilayotgan shaxsga uning huquqlari tushuntirilganligini tasdiqlaydi.

Mazkur bayonnomada soliq toʻlovchi:

  • ekspertni rad etishini bildirishi;
  •  aniq shaxsni yoki soliqchi taklif etayotgan roʻyxatdan shaxsni ekspert etib tayinlash toʻgʻrisida iltimos qilishi;
  • qoʻshimcha masalalarni taqdim etishi;
  • ekspertiza vaqtida hozir boʻlish haqida oʻz xohishini bayon etishi mumkin.
E’tibor bering
Ekspertizaga hujjatlarning faksimil va yorugʻ sezgir qogʻozga koʻchirilgan nusxalarini taqdim etishga yoʻl qoʻyilmaydi .
E’tibor bering

Oʻz huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan ekspertiza toʻgʻrisida koʻproq nimani bilish muhimligi va siz uning natijalaridan norozi boʻlsangiz nima qilish zarurligi haqida tavsiyada oʻqing:

Buxgalter soliq nazoratida ekspertiza toʻgʻrisida nimani bilishi lozim.

Yuridik yordamchi — maslahatlar Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text173327_soliq_nizolarida_ekspertiza