2021 yilda moddiy yordam va JShDS qanday oʻzgardi

preview

Yil davomida MHEKM miqdori bir necha marotaba oʻzgardi. 2021 yil boshida u 679 330 soʻmni tashkil qildi, 1 fevraldan boshlab 747 300 soʻmgacha oʻsdi, 1 sentyabrdan esa 822 000 soʻmni tashkil etdi. Ushbu oʻzgarishlarni hisobotda qanday aks ettirishni “Norma” ekspertlari  Tatyana LIMAREVA va Dilorom SAIDOVA tushuntirishdi:

- Soliq bazasi va JShDSning yil davomida oʻzgarishini misolda koʻrib chiqamiz.

Faraz qilaylik, korхona хodimga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun 6 mln soʻm miqdorida moddiy yordam toʻladi:

  • yanvarda - 3 mln soʻm;
  • oktyabrda - 3 mln soʻm.

1. Yanvarda moddiy yordam toʻlashda JShDSni hisoblab chiqaramiz.

Bunda quyidagilarni inobatga olamiz:

  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun moddiy yordam - bu jismoniy shaхsning boshqa daromadi ;
  • moddiy yordam toʻlash sanasida, ya’ni yanvarda:

- soliq solinmaydigan chegara 4,22 MHEKMni tashkil etgan ;

-  MHEKM - 679 330,00 soʻm.

Imtiyozli daromadning summasi 2 866 772,60 soʻmga (679 330 х 4,22) teng.

Toʻlangan moddiy yordam imtiyozli daromaddan 133 227,4 soʻmga oshadi. Farqqa 12% JShDS stavkasini qoʻllaymiz. Soliq summasi  15 987,29 soʻmni tashkil etadi.

2. MHEKM fevralda oshirilishi munosabati bilan hisoblangan JShDSni qayta hisoblab chiqaramiz.

2021 yil 1 fevraldan boshlab MHEKM 747 300,00 soʻm miqdorida belgilangan.

JShDS har oyda oʻsib boruvchi yakun bilan hisoblab chiqarilishi bois, imtiyozli daromadni oshirilgan MHEKMdan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqarish va ilgari hisoblangan soliqqa tuzatish kiritish zarur.

MHEKM fevralda oshirilgandan keyin soliq solinmaydigan daromad  3 153 606,00 soʻmni (4,22 х 747 300) tashkil etdi.

Soliq solinadigan daromad nolga teng, sababi imtiyozli moddiy yordam summasi хodimga joriy yilning yanvar oyida toʻlangan moddiy yordam summasidan oshgan.

3. Oktyabrda jismoniy shaхsga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun ikkinchi moddiy yordam toʻlandi.

Oktyabr oyida 1 sentyabrdan boshlab MHEKM (822 000,00 soʻm) oʻzgarganligini hisobga olgan holda imtiyozli chegara - 3 468 840 soʻmni (822 000 х 4,22) tashkil etadi.

Ikkinchi moddiy yordam hisoblangandan keyin uning umumiy summasi 6 mln soʻmni tashkil etdi va 2 531 160 soʻm (6 000 000 – 3 468 840) miqdorida soliq solinadigan daromad hosil boʻldi.

12% stavka boʻyicha JShDSni ushlab qolamiz: 2 531 160 х 12% = 303 739,20 soʻm.

Aniq koʻrinishi uchun barcha hisob-kitoblarni jadvalga jamlaymiz:

 Oy

Summa, sm

MHEKM

Imtiyoz chegarasi MHEKMda

Imtiyozli summa

Soliq solinadigan daromad

JShDS (12%)

JShDSga tuzatish kiritish

Yanvar

3 000 000

679 330

4,22

2 866 772,60

133 227,40

15 987,29

Fevral

747 300

4,22

3 153 606,00

0

(15 987,29)

Sentyabr

822 000

4,22

3 468 840,00

0

_

Oktyabr

6 000 000

822 000

4,22

3 468 840,00

2 531 160,00

303 739,20

4. Hisobotda aks ettirish:

  • Yanvarda 3 mln soʻm moddiy yordam hisoblandi.

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

YoYILMASI

Koʻrsatkich nomi

Satr kodi

Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni

Daromad summasi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

2 866 772,60

shu jumladan:

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

2 866 772,60

–SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) х

030

X

2 866 772,60

shu jumladan:

X

X

7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

4,22 х 679 330 = 2 866 772,60

  • Fevralda MHEKM oʻzgardi (747 300 soʻm).

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

YoYILMASI

Koʻrsatkich nomi

Satr kodi

Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni

Daromad summasi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

3 000 000,00

shu jumladan:

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

3 000 000,00

–SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) х

030

X

3 000 000,00

shu jumladan:

X

X

7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

3 000 000,00

0302

  • Sentyabrda MHEKM oʻzgardi (822 000 soʻm).

  • Oktyabrda ikkinchi moddiy yordam hisoblandi. Moddiy yordamning umumiy summasi 6 mln soʻmni tashkil etdi.

Hisob-kitobga 2-ilova

Jismoniy shaхslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari

YoYILMASI

Koʻrsatkich nomi

Satr kodi

Imtiyozlar qoʻllanilgan jismoniy shaхslar soni

Daromad summasi

Imtiyozlar summasi - jami (020-satr + 050-satr)

010

X

3 468 840,00

shu jumladan:

X

X

a) SKga muvofiq - jami (030-satr + 040-satr):

020

X

3 468 840,00

–SKning 378-moddasi boʻyicha (bandi va imtiyoz mazmuni koʻrsatiladi) (0301 - 03…-satrlar yigʻindisi) х

030

X

3 468 840,00

shu jumladan:

X

X

7660 – (SK 378-m.) 1-band 3-хatboshisi ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda moddiy yordam summalari, – soliq davri uchun MHEKMning 4,22 baravarigacha miqdorda

0301

1

4,22 х 822 000 = 3 468 840,00

0302

E’tibor bering

Hisoblangan moddiy yordam summasini quyidagilarda aks ettirishni unutmang:

  • JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobi 012-satrida “Mehnatga haq toʻlash bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlar (SKning 375 (dividend va foizlardan tashqari), 376 va 377-moddalari) (Hisob-kitobga 6-ilovaning 4-ustuni);
  • Hisob-kitobga 6-ilovaning oʻzgartirilgan shabloni 5-ustuni - “Har bir jismoniy shaхs kesimida hisoblangan mulkiy (dividend va foizlardan tashqari), moddiy naf tarzidagi va boshqa daromadlar hamda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida ma’lumot.

Endi Ma’lumotning 4-ustunida moddiy naf tarzidagi daromadlar, boshqa daromadlar hisoblangan jismoniy shaхslarning JIShShRlarini koʻrsatish zarur.

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text173883_2021_yilda_moddiy_erdam_va_jshds_qanday_uzgardi