9 oyni xatolarsiz yopamiz:
20 oktyabr - sentyabr oyi va III chorak uchun (tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi bir oyda 1 mlrd soʻmdan oshmaydigan toʻlovchilar tomonidan) QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish va soliqni toʻlashning soʻnggi kuni.
Hisob-kitobni tayyorlashda tizim xato toʻgʻrisida xabar berishi va bu hujjat tayyorlashni kechiktirishi mumkin. Murakkab holatdan qanday chiqishni, buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi inspektori Elbek ShUKUROV va “Norma” eksperti Olga BUSAROVA gapirib berishdi:
- 101 xato kodi - hisobot davri toʻplamni amal qilishini toʻxtatib turish davridan oshadi
Ushbu xato QQS boʻyicha hisobotlarning boshqa toʻplami amal qilgan oldingi oylar (2021 yil yanvar-avgust) uchun qayta hisob-kitob topshirilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin: 10006_22 – oylik hisobotlar uchun va 10006_21 – choraklik hisobotlar uchun. Qayta hisob-kitob uchun qayta hisob-kitob topshirilgan davrda amal qilgan shaklni tanlang.
- 151 xato kodi - hisobot va ilovada tuzatish kiritish reyestri summasi mos kelmaydi
Ushbu xatoga koʻpincha yil davomida QQS toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar yoʻl qoʻyishadi. Ular har bir hisobotda yil yakuniga qadar Hisob-kitobga 6-ilovani toʻldirishlari va “Soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek QQS toʻlashdan ozod etish bekor qilinganda QQS summasiga kiritiladigan tuzatish reyestri (qoldiq tovar)” faylini ilova qilishlari zarur.
- 152 xato kodi - qoldiq qiymat oldingi hisobotdan farq qiladi
Agar sizning kontragentlaringiz yoki siz oʻzingiz oldingi davrlar uchun tuzatilgan EHFlar taqdim etgan boʻlsangiz, bunday xato yuzaga keladi. Bu holda joriy davr uchun hisobotni joʻnatgunga qadar oldingi davrlar uchun qayta hisob-kitoblarni joʻnating (101 xatoga yoʻl qoʻymagan holda).
- 299 xato kodi - inspektor tomonidan harakat qilish talab qilinadi (avtooʻtkazmaning imkoniyati yoʻq)
Ushbu xabar koʻpincha boshqa xatolar bilan birga chiqadi. Eng avvalo, boshqa xatolarni tuzatishni tavsiya qilamiz, shunday keyin koʻrsatilgan xabar yoʻqoladi. Agar bu yordam bermasa, yordam yuzasidan hisobga qoʻyilgan joydagi inspektorga murojaat qiling.
