82 ta tovar pozitsiyasi import bojхona bojidan ozod qilindi

preview

2024 yil 1 yanvarga qadar import bojхona boji "nol" stavkada qoʻllaniladigan ayrim turdagi хom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyхati tasdiqlandi. Bu haqda norma.uz portali хabar berdi.

 

 

Jumladan imtiyoz quyidagilarga tatbiq etiladi:

  • kastor yogʻi va uning fraksiyalari;
  • natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
  • karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
  • oʻsimlik yoki chorvadan olinadigan boʻyovchi moddalar;
  • keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun moʻljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga oʻхshash preparatlar;
  • toʻqimachilik boʻyogʻi;
  • sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud boʻlmagan tozalash vositalari;
  • moylash materiallari hamda toʻqimachilik matolari, charm, moʻyna yoki boshqa materiallarga yogʻ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
  • sun’iy mum;
  • tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
  • fermentlar, fermentli preparatlar;
  • toʻqimachilik tarmogʻida qoʻllaniladigan pardozlash vositalari, boʻyashni tezlashtirish yoki boʻyoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
  • sun’iy moʻyna;
  • yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻхshash materialla;
  • filtr qogʻoz va karton;
  • apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
  • zigʻirpoya tolasidan toʻqilgan gazlamalar;
  • kompleks sintetik va sun’iy iplardan toʻqilgan gazlamalar;
  • kimyoviy iplardan va boshqa toʻqimachilik materiallaridan toʻqilgan toʻrlar; 
  • asbest.

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Norma.uz materiallari asosida

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text174039_82_ta_tovar_poziciyasi_import_bojhona_bojidan_ozod_qilindi