9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oldingi yil uchun auditorlik tekshiruvi chogʻida yangi qabul qilingan xodimlarga 2020 yil davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun moddiy yordam, ularning ba’zilariga esa - bola tugʻilishi va oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan moddiy yordam toʻlanganligi aniqlandi. Korxonaning buxgalteriya va kadrlar xizmatlari ushbu xodimlardan ilgarigi ish joyidan Jismoniy shaxsga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani soʻrab olishmagan. Bu holda qoʻshimcha JShDS hisoblash yuzaga kelishi yoki kelmasligini “Norma” ekspertlari Tatyana LIMAREVA va Dilorom SAIDOVA tushuntirishdi:
- 2019 yilgacha JShDS shkalasi zarur boʻlib, xodim yil mobaynida asosiy ish joyini oʻzgartirgan taqdirda ilgarigi ish joyidan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani olib kelishi kerak boʻlgan. Aks holda JShDS eng yuqori shkala boʻyicha hisoblab chiqarilar, bu xodimning oʻziga zarar keltirardi.
2019 yildan JShDS shkalasi bir tekis boʻldi, biroq ma’lumotnomani taqdim etish haqidagi talab saqlanib qoldi
. U bir qarashda, soliq summasiga ta’sir koʻrsatmasa, uni nima sababdan taqdim etish kerak?
Yangi ishga qabul qilingan xodim dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani yoki STIRni taqdim etmasa, u holda JShDS imtiyozlar qoʻllanilmagan holda ushlab qolinishi kerak
. Bundan kelib chiqqan holda, xodim quyidagi imtiyozlarni yoʻqotadi:
- moddiy yordamning (sogʻliqqa shikast yetganda, bola tugʻilishi va nikohdan oʻtishi munosabati bilan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun) soliq solinmaydigan summasi tarzida 2020 yilda MHEKMning 7,5 baravari miqdorida
va 2021 yilda MHEKMning 4,22 baravari miqdorida
; - ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar uchun soliq solinadigan jami daromadni MHEKMning 1,41 baravariga kamaytirish tarzida
.
Ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda buxgalteriya soliq summasini ilgari asosiy ish joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilishi kerak
.
Shu tariqa, agar JShDS boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilsa, tekshiruvlarda qoʻshimcha JShDS hisoblashlardan va soliq hisobotini qayta hisob-kitob qilish va qayta topshirish bilan bogʻliq ovoragarchilikdan qochish uchun buxgalterlar SKning 388-moddasi talablarini unutmasliklari lozim.
Kadrlar xizmatlari ishga qabul qilishda, ilgari 2019 yilgacha boʻlgani kabi, xodimlardan Toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan JShDS summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani soʻrab olishlari lozim. Agar u boʻlmasa, xodimlarni moddiy yordamni imtiyozlarsiz olishlari haqida ogohlantirishlari zarur.
.- JShDS boʻyicha imtiyoz summasiga tuzatish kiritishi;
- 2021 yil sentyabr uchun qoʻshimcha JShDS hisoblashi hamda JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobini qayta toshirishi lozim.
.