Qaysi hisobvaraq-fakturalar 1 dekabrdan muammoli sanaladi

preview

2021 yil 1 dekabrdan boshlab DSQ yetkazib beruvchida hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirishda mahsulot mavjudligini MXIK kodi boʻyicha aniqlashi mumkin. Agar tizim yetkazib beruvchida  EHFni rasmiylashtirish paytida tovar mavjud emas deb hisoblasa, u hisobvaraq-fakturani rasmiylashtira olmaydi . Bunda nafaqat firibgarlik tufayli, balki xato natijasida ham “blokirovkaga” tushish mumkin. 

Yangilikka qanday tayyorgarlik koʻrish va qanday qilib MXIK bilan xatosiz ishlashga oʻrganishni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnara ERGAShEVA gapirib berdi:

 

- DSQ, shubhasiz, bu tizim qanday ishlashini hali tushuntiradi. Biroq 595-son VMQdagi tushunchadan ulgurji va chakana savdo tashkilotlarida mahsulotning mavjudligi uni xarid qilish uchun hisobvaraq-faktura boʻyicha, ishlab chiqaruvchilarda esa -  e-aktiv tizimi ma’lumotlari asosida aniqlanishini tushunish mumkin.

Hozirgi vaqtda DSQ va Moliya vazirligi Soliq kodeksiga qoʻshimchalar kiritish tashabbusi bilan chiqishganini ta’kidlab oʻtaman. Agar ular qabul qilinsa, 2022 yildan boshlab MXIKdagi xatolar uchun jarima solishadi.

Soliq toʻlovchilar har doim ham MXIKga nisbatan jiddiy munosabatda boʻlishmaydi:

  • MXIKni tanlash va olish uchun vaqt boʻlmagan, “taxminiysi”ni tanlashgan;
  • tovarlarning aniq nomlari oʻrniga tovar guruhi nomini koʻrsatishgan va unga yagona MXIKni tanlashgan;
  • ishlab chiqaruvchi foydalanadigan tovarlarga mos kelmaydigan tovarlar uchun MXIK olishgan va h.k.

Soliq qoʻmitasi barcha apparatlar tovarlarni MXIK kodi bilan urishi uchun onlayn-NKTni sozlashga katta e’tibor qaratadi. Soliq toʻlovchilardan, asosan - yakka tartibdagi tadbirkorlar va xodimlar shtati katta boʻlmagan firmalardan: “bitta MXIKni qoʻyib, u bilan barcha tovarlarni uraman” deyishganini eshitishga toʻgʻri kelgan.

Bu - ular tuzatilmagan taqdirda, aftidan, 1 dekabrdan keyin tashkilotni katta muammolarga olib keladigan vaziyatlardan biri hisoblanadi.

Hali bir oy bor ekan, ushbu murakkab, diqqat talab qiladigan ishda tartib oʻrnatishni tavsiya qilaman.

Ulgurji va chakana  savdo tashkilotlari uchun hammadan koʻra oson boʻladi. Ular oʻzlarining hisobvaraq-fakturalari va onlayn-NKT cheklarida yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan, importyordan) tovar bilan kelgan MXIKni koʻrsatishlari kerak.

Tovarning ishlab chiqaruvchidan yakuniy iste’molchiga qadar butun yoʻli davomida MXIK oʻzgarmaydi.

Ishlab chiqaruvchilar uchun bu vaziyat qiyinroq kechadi: ular tovarga qaysi kodni qoʻllashni aniqlashtirib olishlari lozim: tasnif.soliq.uz da mavjud boʻlganinimi?  Yoki - ancha aniq va tovar mohiyatini aniq belgilaydigan kodni olgan ma’qulmi?

DSQ tasnif.soliq.uz dan sizning tovaringizga eng koʻp javob beradigan MXIKdan foydalanishni tavsiya qiladi. Biroq, hozircha barcha tovarlar uchun bir xillik mavjud emasligi bois (bir xil MXIKlar brendni hisobga olgan holda yaratilgan, boshqalari - oxirida 6 ta nol boʻlgan tovarlar guruhi uchun umumiy, uchinchilari boʻyicha - ularni qanday aniqlash umuman tushunarsiz, masalan, umumiy ovqatlanish mahsulotlari boʻyicha), yana bir bor DSQga murojaat qilib, sizning tovarlaringiz uchun qaysi MXIKni qoʻllashni aniqlashtirib olishni tavsiya qilaman.

Buni 1198 telefon raqami orqali, tasnif.soliq.uz saytida chat yordamida yoki “Tadbirkor va Soliqchi” Telegramm-kanalida amalga oshirish mumkin.

Javobni qayd etish va muhokamalar boʻlgan taqdirda sizning tanlovingizni asoslash uchun chat va telegramm orqali aniqlashtirgan ma’qul. Bunda savolni aniq bering. Masalan, “Metall shvellerlarga qaysi MXIK qoʻllaniladi”. Javobni saqlab qoʻying. Skrinshot qilsa ham boʻladi.

EHFni rasmiylashtirgan holda tovarlarga avtomatik tarzda MXIK qoʻyadigan yangi funksionaldan foydalaning. Bunda u “Mening tovarlarim” xizmatida siz saqlagan MXIK kodlari bilan ishlashini inobatga oling.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

EHF: soliq hisobi — maslahatlar EHF EHF (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text175346_qaysi_hisobvaraq-fakturalar_1_dekabrdan_havf_ostiga_tushadi