9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Oktyabr oyi davomida soliq toʻlovchilar xizmatlarni qayta taqdim etish, jumladan tashish boʻyicha xizmatlar importi uchun odatdagi algoritm boʻyicha EHFni joʻnata olishmadi. 9 noyabrda - oktyabr uchun EHF taqdim etishning soʻnggi kunida, DSQ bunday imkoniyatni berdi. Funksional xizmatlarning qat’iy cheklangan roʻyxati uchun ishlaydi. Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
- “EHF tizimida koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha ilgarigi algoritm 2021 yil 7 oktyabrdan ishlashni toʻxtatdi. Bir necha kun oʻtgach DSQ oʻz axborotida soliq toʻlovchilarni yangi sxema texnik jihatdan tayyor boʻlganda ishga tushirilishi haqida xabardor qildi. 9 noyabrga qadar korxonalar xizmatlarni qayta taqdim etish, jumladan tashish boʻyicha xizmatlar importi uchun EHFni topshira olishmadi.
9 noyabrda soliq toʻlovchilarga hisobvaraq-fakturalarni ilgarigidek joʻnatish imkoniyati taqdim etildi. Funksional faqat EHFda DSQ tomonidan belgilangan 63 ta xizmatdan biri koʻrsatilgan taqdirda ishlaydi. Umuman roʻyxat bunday xildagi funksionalni talab qiladigan barcha xizmatlarni qamrab oladi. Nazorat MXIK yordamida amalga oshiriladi.
Yaqinda DSQ mutaxassislari tarmoq korxonalari bilan bir necha marta uchrashib, EHF bilan bogʻliq muammolarni muhokama qilishdi. Bunda DSQ nima uchun bunday qat’iy choralar joriy etilganligi yuzasidan aniq tushuntirishlar bermadi. Ehtimol, aniqlangan suiiste’molchilik holatlari bunga sabab boʻlgandir. Bir nechta soliq toʻlovchilar tartibni buzishdi, biroq hammani jazolashdi.
Koʻrsatilgan MXIKlar bilan EHF taqdim etadigan soliq toʻlovchilar uchun kameral soliq tekshiruvlari yoki hatto zarurat boʻlganda - sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilish ehtimoli katta.
9 noyabrdan boshlab soliq toʻlovchilar, xususan - transport-ekspeditorlik kompaniyalari EHFni joʻnatish boʻyicha funksionaldan foydalangan va “belgi” qoʻygan holda mijozlar uchun xarid qilingan xizmatlarni qayta taqdim etishlari mumkinligini ta’kidlayman. Bu sotib olingan aylanmani ham vositachida, ham uning mijozida koʻrsatish uchun yetarli boʻladi va QQS toʻlovchilar hisobga olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Umid qilamanki, soliqchilar yangi algoritm joriy etilgunga qadar amaldagi algoritmni oʻchirishmaydi”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi