Etk.minjust.uz ishlamaganda tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi qanday yuritiladi

preview

“Soliqchilar korxonaga tekshiruv bilan kelishdi. Ilgari tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitoblari boʻlgan, keyin  ularning oʻrnini maxsus internet-resurs egalladi. Soliqchilar hozir korxonadagi tekshiruvlarni roʻyxatga olishlari kerakmi? Ular  tegishli yozuvlarni qaysi hujjatga kiritishlari kerak?”. 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

 

- “Agar soliqchilar sizga sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi bilan kelishsa, ular majburiy tartibda oʻz harakatlari toʻgʻrisidagi yozuvni Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritishlari kerak. U elektron yoki qogʻoz shaklda boʻlishi mumkin.

Texnik imkoniyat mavjud boʻlganda majburiy tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining elektron shakli toʻldiriladi. Bunda qogʻoz shaklini toʻldirish talab etilmaydi. .

Biroq hali texnik imkoniyat boʻlmaganligi bois, buning uchun moʻljallangan etk.minjust.uz sayti ishlamagan taqdirda, qogʻoz shaklidagi Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi toʻldirilishi kerak. U xoʻjalik yurituvchi sub’yektning oʻzi tomonidan yuritiladi .

Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi :

  • 07.11.2011 yildagi 246-mx-son Buyruqqa 1-ilova bilan belgilangan namunaga muvofiq boʻlishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va kitobni yuritish sanasi koʻrsatilgan holda xoʻjalik yurituvchi sub’yekt rahbarining imzosi va muhri (agar u mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak;
  • xoʻjalik yurituvchi sub’yektning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) va STIRi toʻgʻrisida ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi lozim.

2022 yil 1 yanvardan boshlab  tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobi elektron shaklda paydo boʻladi, deb oʻylayman. Sababi - aynan shu sanadan boshlab 15.09.2021 yildagi PF-6314-son Farmon bilan tasdiqlangan yangi tartib kuchga kiradi. Unda Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobining hisobi biznes-ombudsman tomonidan elektron shaklda yuritilishi nazarda tutilgan. Bu vaqtga qadar  ushbu hujjatni yuritish va toʻldirishning yangi tartibi tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Bundan tashqari, hozirning oʻzidayoq soliq tekshiruvlari va soliq auditi  Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi orqali biznes-ombudsmanni xabardor qilish orqali oʻtkazilmoqda. Bundan davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar mustasno. Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida tekshiruvni roʻyxatdan oʻtkazish raqami esa majburiy tartibda sayyor tekshiruv yoki soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan boʻlishi kerak .

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text175673_etk_minjust_uz_ishlamaganda_tekshiruvlarni_ruyhatga_olish_kitobi_qanday_yuritiladi