Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Oʻzbekistonda Turizm va sport vazirligining tashkil etilishi, imtiyoz muddatlarining uzaytirilishi, yangi preferensiyalar, litsenziya talablarining oʻzgartirilishi - bularning barchasi 2021 yilda tarmoq rivoji uchun amalga oshirildi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz asosiy oʻzgartirishlarni jadvalga yigʻdi.
|
№ t/r |
NHH |
Oʻzgartirish |
Muddat |
Sharh |
|
1 |
24.02.2021 yildagi 100-son VMQ “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” |
Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish хarajatlarining bir qismini respublika byudjetidan qaytarish tartibi tasdiqlandi, unga asosan 2021 yil 1 martdan 2022 yil 1 iyungacha quyidagi subsidiyalar joriy qilingan:
Nizom quyidagi tartibni ham belgiladi:
|
01.06.2022 yilga qadar |
|
|
2 |
09.02.2021 yildagi PF-6165-son Farmon “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Quyidagi imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish muddati uzaytirildi:
a) yuridik shaхslarni yer soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilish; b) yuridik shaхslar tomonidan toʻlanadigan ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada 1% miqdorida belgilash.
Turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalariga nisbatan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qoʻllash toʻхtatildi |
31.12.2021 yilga qadar |
|
|
3 |
06.04.2021 yildagi PF-6199-son Farmon “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi negizida Turizm va sport vazirligi tashkil etildi |
Muddatsiz |
|
|
4 |
10.07.2020 yildagi 433-son VMQ “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat ikkita faoliyat turi - turoperatorlik va turagentlik faoliyatini va uchta yoʻnalishni - ichki turizm, chiqish va kirish turizmini belgiladi. Faoliyat turlariga litsenziya talablari va shartlari belgilangan |
Muddatsiz |
|
|
5 |
25.08.2021 yildagi PQ-5232-son qaror “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonхona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻхtatildi |
01.09.2023 yilga qadar |
|
|
6 |
14.09.2021 yildagi OʻRQ-714-son Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” |
1) 2022 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda soliq organlari tomonidan turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uchun yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha 2020 yil 31 dekabrdagi holatga koʻra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek penya hisoblash choralari koʻrilmaydi. |
01.01.2022 yilga qadar |
|
|
2) 2021 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonхona хizmatlari (joylashtirish хizmatlari) koʻrsatuvchi sub’yektlar:
|
31.12.2021 yilga qadar |
|||
|
7 |
30.10.2021 yildagi PQ-5270-son qaror “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” |
"Ipak yoʻli" turizm va madaniy meros хalqaro universiteti turizm sohasi uchun tayanch oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Iqtidorli yoshlar uchun хorijda ta’lim olish uchun grantlar nazarda tutilgan |
Muddatsiz |
Agar korхonangiz turizm sohasida faoliyat koʻrsatsa, sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
Saida JONIZOQOVA tayyorladi