Neustoyka qanday tartibda soʻndiriladi va hisobda aks ettiriladi

preview

Korxona tovar olgan, biroq oʻz vaqtida uning uchun haq toʻlay olmagan. Yetkazib beruvchi shartnomaga asoslanib, neustoyka toʻlashni talab qilmoqda. Shartnomaga haqiqatan ham toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun 0,5% miqdorida toʻlov toʻlash toʻgʻrisidagi band kiritilgan boʻlsa, toʻlangan neustoyka qanday hujjatlarda koʻrsatiladi?

 

Ikrom ABDULQODIROV, yurist: – «Hammasi taraflar shartnomada nizolarni qanday tartibga solishni kelishib olganligiga bogʻliqdir.

Huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan xoʻjalik yurituvchi sub’yekt ularni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektga nisbatan da’vo berishga haqlidir . Taraflar tomonidan shartnomaga yuzaga kelgan nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish sharti kiritilgan boʻlsa-yu, biroq ularni tartibga solish taomillari nazarda tutilmagan boʻlsa, nizoni da’vo tartibida hal etish majburiy hisoblanmaydi OSPning .

Da’vo bildirilgan xoʻjalik yurituvchi sub’yekt:

  • da’vo olingan kundan boshlab 15 kun ichida unga javob qaytarishi shart;
  • da’vo ixtiyoriy tartibda toʻliq yoki qisman tan olinganda talabgorga tan olingan summa hisoblab oʻtkaziladi . Bunda toʻlov topshiriqnomalari, akkreditivlar, cheklar bilan hisob-kitob qilishga, inkasso boʻyicha hisob-kitob qilishga, shuningdek qonunda, qonunga muvofiq chiqariladigan bank qoidalarida hamda bank amaliyotida qoʻllanilayotgan ish muomalasi odatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda hisob-kitob qilishga ham yoʻl qoʻyiladi .

Shu tariqa, korxonaning buxgalteriya xizmatiga neustoykani toʻlash uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • avvalboshdan xoʻjalik shartnomasida uning shartlari buzilgan holatlar uchun belgilangan neustoyka miqdori;

yoki 

  • yetkazib beruvchining (kreditorning) qarzdor tomonidan tan olingan neustoykani toʻlash toʻgʻrisidagi da’vo talabi.

 

Buxgalteriya hisobi

Tatyana LIMAREVA, «Norma» kompaniyasi eksperti: – «Qarzdor tomonidan toʻlangan yoki tan olingan neustoyka summasi shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun belgilangan jarima sanksiyalari jumlasiga kiradi. U:

  • boshqa operatsion xarajatlarga kiritiladi ;
  • chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga kiritiladi ;
  • Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning 0130-satri 3 va 4-ustunlarida aks ettiriladi».
Misol
Tan olingan neustoykani qarzdorning buxgalteriya hisobida aks ettirish
Korxona da’voga javoban kreditorning 3 000 ming soʻm miqdorida neustoyka toʻlash talabini tan oldi.

Buxgalteriya provodkalari quyidagicha boʻladi:

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

Summa,
ming soʻm

Debet

Kredit

Neustoyka tan olindi

9430

6960

3 000

Neustoyka toʻlandi

6960

5110

3 000

 

 

Yuridik yordamchi — maslahatlar Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text175863_neustoyka_qanday_tartibda_sundiriladi_va_hisobda_aks_ettiriladi