Kirill yozuvidagi ishonchnomani qabul qilish mumkinmi

preview

“Mijoz bosh buxgalter imzosi boʻlmagan, uning oʻrnida “Nazarda tutilmagan” belgisi qoʻyilgan qogʻoz shaklidagi ishonchnomani taqdim etdi. Tovar oluvchining F.I.O. va pasport ma’lumotlari kirill yozuvida koʻrsatilgan. Men bunday ishonchnomani qabul qilish huquqiga egamanmi?”. 

Savolga “Norma” eksperti, bosh buxgalter  Viktoriya BEZGINA javob berdi:

 

- “Agar tovarni tashkilot rahbari olsa, u ishonchnomasiz ish yuritishga haqli . Barcha qolgan hollarda tashkilot yetkazib beruvchilardan TMBlarini olish uchun ishonchli shaxsga yozma ishonchnoma beradi. 

Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish mumkin, biroq bunda sizda uni qogʻoz shaklida taqdim etish imkoniyati boʻlishi kerak .

“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga asosan TMBlarni va boshqa boyliklarni qabul qilish hamda berish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlarda albatta korxonaning rahbari yoki u vakolat bergan shaxslarning imzolari boʻlishi kerak. Busiz hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

Agar ishonchnomada rahbarning imzosi bilan bir qatorda bosh buxgalterning ham imzosi nazarda tutilgan boʻlib, haqiqatda esa korxonada bunday lavozim nazarda tutilmagan boʻlsa, bu holda rahbar ham oʻzi uchun, ham bosh buxgalter uchun imzo qoʻyishi kerak.

Bunda qonunchilik:

  • ishonchnoma bosh buxgalter tomonidan imzolanishini;
  • agar ishonchnomaning qoʻllaniladigan shaklida buxgalterning imzosi nazarda tutilgan boʻlsa, u yerda “Nazarda tutilmagan” belgisi qoʻyilishini talab qilmaydi.

Shundan kelib chiqib, ishonchnomani faqat rahbarning imzosi bilan rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz.

Ishonchnoma yozib berilayotgan shaxsning F.I.O. va qolgan pasport ma’lumotlari lotin yozuvida koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Tovarni berish chogʻida sotuvchi ishonchnomada koʻrsatilgan  ma’lumotlarni pasport ma’lumotlari bilan solishtirishi kerak . Pasport lotin yozuvida toʻldirilishi bois, ishonchli shaxsning ma’lumotlarini lotin yozuvida toʻldirish tartibiga rioya qilish lozim. 

Shu tariqa, koʻrsatilgan vaziyatda siz kirill yozuvida toʻldirilgan ishonchnomani qabul qilmaslikka haqlisiz”.

 

 

Yuridik yordamchi — maslahatlar Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text176681_kirill_ezuvidagi_ishonchnomani_qabul_qilish_mumkinmi