Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Prezident tomonidan “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. 5-kunlik va 6-kunlik ish haftalari rejimida bu ish vaqti taqvimiga qanday ta’sir qilishini “Norma” eksperti Valeriya LYaNDRES tushuntirdi:
- “Oʻzbekistonliklar 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 4 yanvarga qadar tanaffussiz 5 kalendar kun dam olishadi:
- 2021 yil 31 dekabr - barcha хodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) qoʻshimcha dam olish kuni
; - 2022 yil 1 yanvar - Yangi yil munosabati bilan dam olish kuni
; - 2022 yil 2 yanvar - yakshanba kuni, barcha uchun umumiy dam olish kuni
; - 2022 yil 3 yanvar - barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni
; - 2022 yil 4 yanvar - 6-kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5-kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa - bu 2022 yil 8 yanvardan (shanba) koʻchirilgan dam olish kuni. Ya’ni “besh kunliklar” ushbu kunni 2022 yil 8 yanvarda ishlab berishlariga toʻgʻri keladi, bu “olti kunliklar”ga tatbiq etilmaydi, sababi shanba ular uchun doimiy ish kuni.
- PF-35-son Farmon chiqqunga qadar rasmiylashtirilgan, davomiyligi 2021 yil dekabrdan 2022 yil yanvarga oʻtadigan ta’tillarga qanday tuzatish kiritish mumkin? Ta’til kunlari hisob-kitobiga qaysi dam olish kunlari kiritiladi?
- Bunday ta’tillar davomiyligiga: 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2 va 3 yanvar qoʻshilmaydi.
2022 yil 4 yanvar 5-kunlik ish haftasi uchun ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritiladi, sababi u 2022 yil 8 yanvar (shanba) bilan oʻzaro almashadi, barcha ish rejimidagi хodimlar uchun ta’tillar esa 6-kunlik ish haftasi boʻyicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. 6-kunlik ish haftasi uchun 2022 yil 4 yanvar qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi va shu bois ta’til kunlari hisob-kitobiga kiritilmaydi
.
PF-35-son Farmon chiqqunga qadar хodimlarga ta’til berishda, biz ularning davomiyligi hisob-kitobiga quyidagilar kiritilmasligini bilganmiz:
- 31 dekabr - PF-6122-son Farmon boʻyicha qoʻshimcha ishlanmaydigan kun;
- 1 yanvar - MKning 131-moddasi boʻyicha bayram kuni;
- 2 yanvar - yakshanba (barcha uchun umumiy ishlanmaydigan kun).
Tegishincha, ushbu kunlarni biz ta’tillar davomiyligi hisob-kitobiga kiritmaganmiz.
PF-35-son Farmon chiqqandan keyin esa хodimlarning ta’tildan chiqish sanalarini 3 yanvar dam olish kuni hisobiga 1 ish kuniga uzaytirilgan holda ish vaqtini hisobga olish tabeliga tuzatish kiritish toʻgʻrisida buyruq chiqaring.
2021 yil dekabr uchun ish vaqti hisob-kitobi:
- 5-kunlik ish haftasi - 21 ish kuni, 167 soat.
- 6-kunlik ish haftasi - 25 ish kuni, 166 soat (40-soatlik ish haftasida) va 149 soat (36-soatlik ish haftasida).
2022 yil yanvar uchun ish vaqti hisob-kitobi:
- 5-kunlik ish haftasi - 20 ish kuni, 160 soat.
- 6-kunlik ish haftasi - 23 ish kuni, 153 soat (40-soatlik ish haftasida) va 138 soat (36-soatlik ish haftasida).
20.12.2021 yildagi 35-son PFning 3-bandiga asosan byudjet tashkilotlarida Farmonning 1-bandi "a" kichik bandida belgilangan qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 5 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.
Ta’tilning davomiyligi qisqartirishdan soʻng 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
![]()