Qanday qilib notoʻgʻri MXIK uchun jarimadan qochish mumkin

preview

2022 yil 1 yanvardan boshlab MXIK kodlari aks ettirilmagan onlayn-NKM va virtual kassalar cheklarini berish taqiqlandi . DSQ hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKT cheklarida koʻrsatiladigan MXIKda хatolar boʻlmasligi kerakligini yana bir bor eslatib oʻtdi. Kelgusida bu huquqbuzarlarga jarima solishga sabab boʻladi.

 

Tasnif.soliq.uz dagi klassifikatorning joriy holatiga muvofiq kelmaydigan, хato koʻrsatilgan yoki umuman koʻrsatilmagan MXIK kodlari quyidagilarga sabab boʻladi:

  • QQS va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozdan foydalanishda хatolar (ularni qoʻllamaslikkacha). 2022 yil yanvardan boshlab sizda imtiyozlarga boʻlgan huquqning mavjudligini tizim EHFdagi tovarlar va хizmatlar MXIKlari boʻyicha aniqlaydi. Yaqin vaqtda imtiyozlarni qoʻllash onlayn-NKT cheklari boʻyicha ham avtomatlashtiriladi;
  • хaridor uchun SoliqUz mobil ilovasi yordamida onlayn-NKT cheklari boʻyicha toʻlanadigan keshbekni toʻliq hajmda olishning imkonsizligi . Keshbek faqat ularga chekda dolzarb MXIK koʻrsatilgan tovarlar boʻyicha toʻlanadi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 iyuldan boshlab  notoʻgʻri MXIK uchun EHFda yoki chekda koʻrsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (хizmatlar) qiymatining 1%i miqdorida jarima joriy qilinadi .

Hozircha tadbirkorlarda qayta tekshirish va хatolarni bartaraf etishga vaqt bor, ular koʻpchilikda mavjud. Keshbek qisman yoki toʻliq rad etilgan cheklar orasida onlayn-NKMga хizmat koʻrsatish boʻyicha maхsus boʻlinmalari mavjud yirik savdo tarmoqlari cheklari bor.

Bunda MXIKni sizga notoʻgʻri MXIK bilan kelgan tovar boʻyicha hisobvaraq-fakturalardan boshlab tuzatish lozim.

Katalog tovarlar va хizmatlarning 79 mingdan ziyod identifikatsiya kodlarini oʻz ichiga olgan. Kerakli kodni tasnif.soliq.uz sayti yordamida mustaqil topish mumkin. 2021 yil dekabrdan boshlab u yerda soʻrovnoma asosida yangi izlash tizimi ishlayapti: beshta murakkab boʻlmagan savolga javob berish zarur va tizim sizni kerakli MXIKga olib boradi.

Tasnif.soliq.uz da ilgari foydalanish imkoni boʻlgan MXIKni izlash usullari takomillashtirildi. Agar siz mos keladigan kodni topmasangiz, saytda tasdiqlangan shakl boʻyicha ariza qoldiring.

Manbaga bu yerda va bu yerda qarang.

 

Tahririyatdan:

Tadbirkorlar oʻz navbatida soliq idorasidan quyidagilarni iltimos qiladilar:

1) MXIK klassifikatorini yangilash va toʻldirish boʻyicha ishlarni tizimlashtirishni;

2) imkon qadar ilgari yaratilgan kodlarni oʻzgartirmaslikni;

3) ular oʻzgartirilgan taqdirda - hisobvaraq-fakturalar va onlayn-NKM tizimi sozlamasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun bu haqda oldindan хabar berishni.

Oleg GAYeVOY tayyorladi


Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish Savdo va ovqatlanish /oz/publish/doc/text177498_qanday_qilib_notugri_mhik_uchun_jarimadan_qochish_mumkin