JShDS boʻyicha imtiyoz vasiylarga tatbiq etiladimi

preview

Fuqarolarning Oʻzbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlarida farzandi ta’lim olishi uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlari summasiga JShDS solinmaydi . Mazkur imtiyozdan vasiylar, farzandlikka oluvchilar va homiylar foydalanishlari mumkinmi? Buni buxgalter.uz iltimosiga binoan MVning Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV tushuntirib berdi:

 

– “Mazkur normaning qoʻllanilishini Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tartibga soladi.

Ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaхslar - qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi boʻlmagan shaхslar - farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar .

Farzandlikka olingan bolalar barcha shaхsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi .

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, farzandlikka oluvchilarga nisbatan JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash mumkin, sababi ular huquqlarda ota-onaga tenglashtirilgan. Vasiylarga nisbatan esa - mumkin emas, Oila kodeksi ularning huquqlarini ota-ona huquqlariga tenglashtirmaydi”

 

Tahririyatdan:

Vasiylikni  rasmiylashtirgan shaхslarni JShDS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash qismida huquqlarda ota-ona va ota-onasini yoʻqotgan bolani farzandlikka oluvchilarga tenglashtirish mumkin, deb hisoblaymiz. Ayniqsa bu masala pandemiya sharoitlarida dolzarb boʻldi.

Bunday bolalarga tarbiya va ta’lim berish bilan nafaqat farzandlikka oluvchilar, balki homiylar va vasiylar shugʻullanishi bois, SKning 378-moddasiga JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllash qismida oʻzgartirish kiritish maqsadga muvofiq boʻlardi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq /oz/publish/doc/text177499_jshds_buyicha_imtiez_vasiylarga_tatbiq_etiladimi