Vakillik xarajatlari boʻyicha QQS hisobga olinadimi

preview

Deyarli har bir korxonada xoʻjalik faoliyati jarayonida vakillik xarajatlari yuzaga keladi. Ular boʻyicha QQSni qanday toʻgʻri hisobga olishni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:

 

– “Amaldagi SKda vakillik xarajatlari tushunchasi yoʻq. Korxona oʻzining soliq solish maqsadidagi Hisob siyosatida mustaqil ravishda mazkur maqsadlar uchun xarajatlar turlarini aniqlashi mumkin.

Masalan, bu korxonaning oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish hamda qoʻllab- quvvatlash uchun yetib kelgan shaxslarni, shuningdek boshqaruv va nazorat organlarini yigʻilishi uchun kelgan ishtirokchilarni qabul qilish va xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlari boʻlishi mumkin:

  • rasmiy qabulni oʻtkazish uchun xarajatlar;
  • koʻrsatilgan shaxslarni transport bilan ta’minlash, ovqatlantirish va yashashi uchun xarajatlar;
  • qabul qiluvchi korxona shtatida turmaydigan tarjimonlarni yollash.

 

Tovarlar va xizmatlarni sotib olish va ularni vakillik xarajatlariga kiritishda ular boʻyicha “kiruvchi” QQS hisobga olinmaydi. U ushbu tovarlar va xizmatlar qiymatiga qoʻshiladi hamda xarajatlarga kiritiladi . Bunda QQS boʻyicha bunday xarajatlar foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladi .

Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz.

QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona oʻzaro hamkorlik oʻrnatish uchun oʻzida xorijiy firma vakillarini qabul qiladi. Korxona shular bogʻliq quyidagi xarajatlar qildi:

  • mehmonxona hisobvaraq-fakturasiga asosan mehmon yashashi va ovqatlanishi uchun - 9 085 ming soʻm, QQS bilan birga;
  • avtotransport korxonasining hisobvaraq-fakturasiga asosan transport xizmati uchun – 2 875 ming soʻm, QQS bilan birga.

Buxgalteriya hisobida vakillik xarajatlarini quyidagicha aks ettiring:

Xoʻjalik operatsiyalarining
mazmuni

Summa, 
ming soʻm

Schyotlar bogʻlanishi

debet

kredit

Xorijiy firmadan kelgan vakillarning yashashi, ovqatlanishi va transport xarajatlari bilan bogʻliq vakillik xarajatlari aks ettirildi (9 085 + 2 875)

11 960

9420

6010

6990

QQS boʻyicha hisobotda vakillik xarajatlari  quyidagicha aks ettiriladi:

  • EHFdagi ma’lumotlar avtomatik tarzda xaridlar reyestrida - QQS hisob-kitobiga 4-ilovaning 1-jadvalida aks etadi. Shu bilan birga 6 va 7-ustunlarda koʻrsatilagan summalar hisobga olinmaydigan boʻlib 8 va 9-ustunlarda takrorlanishi zarur.

Vakillik xarajatlari foyda soligʻi hisob-kitobida chegiriladi, sababi ular daromad olish bilan bogʻliq - asoslantirilgan (iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan) hisoblanadi va hujjatlar bilan tasdiqlangan. Agar korxona mohiyatan vakillik xarajatlari hisoblanmaydigan qaysidir xarajatlarni gʻayriqonuniy ravishda vakillik xarajatlariga kiritsa, ushbu xarajatlar chegirilmaydigan deb tan olinadi . Shuningdek, bu holda ushbu xarajatlarni JShDS boʻyicha moddiy naf tarzidagi daromadlar deb tan olish xavfi yuzaga keladi ”.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text177878_vakillik_harajatlari_buyicha_qqs_hisobga_olinadimi