9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona xodimni Oʻzbekiston tashqarisiga xizmat safariga yubormoqda. Xorijiy davlatga kirish qoidalariga asosan fuqaro kovidga PSR-testining manfiy natijasini taqdim etishi kerak. Testlash - bepul. Xodimning PSR-testiga xarajatlarini qoplab beriladigan xizmat safari xarajatlari tarkibiga kiritish mumkinmi?
Savolga “Norma” eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:
– “Pandemiya munosabati bilan koʻplab mamlakatlarga kirish uchun majburiy shart - kovidga PSR-testining manfiy natijasining mavjudligi joriy qilingan. Agar xizmat safariga yuborilgan mamlakatga kirish uchun bunday test zarur boʻlsa, xodim buni chet davlatga kelishidan oldin (aksariyat hollarda - 48 soat, ba’zan - 72 soat doirasida) amalga oshiradi.
Xodim PSR usuli boʻyicha kovidga test oluvchi va ingliz yoki rus tilida shtrix kodi bilan tegishli ma’lumotnoma beruvchi har qanday tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi mumkin.
Kovid-testga xarajatlarni quyidagilar toʻlashi mumkin:
- xodim - keyinchalik ish beruvchi tomonidan qoplanishi bilan;
- ish beruvchi, tibbiyot muassasasi bilan shartnoma tuzib yoki KPK orqali haq toʻlab.
Oʻzbekistonga kirish uchun xodimga manfiy natijali PSR-testi talab qilinadi. Xizmat safariga yuborilgan shaxs chet davlatning tibbiyot muassasasida testlash uchun oʻzi haq toʻlashi va qaytib kelgach, buxgalteriyaga toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Testlash natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma rus yoki ingliz tilida rasmiylashtirilgan va Oʻzbekiston sifat standartlariga javob beradigan laboratoriya tomonidan berilgan boʻlishi kerak. Test natijasi manfiy boʻlgan haqiqiy ma’lumotnomasiz yoʻlovchi oʻz parvoziga roʻyxatdan oʻtolmaydi. Vaksinatsiya toʻgʻrisidagi sertifikat Oʻzbekistonga kirish uchun yetarli shart hisoblanmaydi.
Kovid-testga xarajatlarni JShDS boʻyicha qoplab beriladigan xizmat safari xarajatlariga kiritish mumkinmi
Xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi 2730-son Nizomga asosan xizmat safariga yuborilgan shaxsga ishlab chiqarish maqsadlarida sarflangan qoʻshimcha xarajatlar qoplanishi mumkin. Bunday xarajatlar faqat xizmat safari topshiriqlarini bajarish uchun zarur boʻlganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida qoplanishi mumkin.
Bu holda - xodimni xizmat safariga yuborishdan oldin - tashkilot rahbari xizmat safari boshlangunga qadar ma’lum boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida buyruq (farmoyish) chiqaradi. Xususan - PSR-testga xarajatlarni qoplash toʻgʻrisida.
PSR-testga xarajatlarni xizmat safarlarida kompensatsiya toʻlovlariga kiritish mumkin, sababi ular qonunchilikda nazarda tutilgan. Biroq bunday toʻlovlarga kiritishning asosiy sharti - xarajatni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi.
Shuningdek, xizmat safariga yuborilgan xodimning boʻnak hisobotiga muayyan mamlakatga kirish (yoki samolyot bortida boʻlish) qoidalari majburiy kovid-testlashni nazarda tutishi toʻgʻrisidagi axborotni ilova qilishni tavsiya qilamiz. Axir kirish qoidalari muntazam oʻzgarib turadi va tekshiruv chogʻida tekshiruvchi har bir mamlakat boʻyicha dolzarb axborotni oʻzi izlashi amri mahol.
Chet davlatlarga kirish qoidalari farqlanishi mumkin.
Sizga quyidagi tavsiyalar ham foydali boʻlishi mumkin:
- Ish beruvchining qaysi xarajatlari xodimlarning daromadlari hisoblanmaydi;
- Foyda soligʻi hisob-kitobida xarajatlarni guruhlar boʻyicha aks ettirish;
- Xodimga qanday xizmat safari xarajatlari qoplab beriladi;
- Oʻzbekiston tashqarisiga xizmat safarida xizmat safari xarajatlari qanday toʻlanadi;
- Agar xodim kasal boʻlib qolsa, xizmat safari mablagʻlari qanday toʻlanadi.
![]()
