Onlayn-NKT ma’lumotlarini soliqlar boʻyicha hisobotlarda toʻgʻri aks ettirish

preview

DSQ onlayn-NKM va virtual kassalarning soliq boʻyicha hisobotlarda avtomatik tarzda aks ettirishni oʻchirish imkonini beruvchi funksionalni bekor  qildi. Endi chakana realizatsiya qilish boʻyicha ma’lumotlar hisobotda xatolarsiz oʻtishi  uchun qanday ishlash kerak?

 

DSQ onlayn-NKM orqali chakana realizatsiya qilish boʻyicha ma’lumotlarni toʻgʻri aks ettirish uchun zarur boʻlgan funksionalni shakllantirayotgan paytda, soliq toʻlovchilarda ularning hisobotlarda avtomatik tarzda aks ettirilishini oʻchirish imkoniyati boʻlgandi. Buning uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi “Onlayn-NKM va virtual kassa toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatining “Tushumlar boʻyicha hisobot” menyusida “Chek ma’lumotlari soliq hisobotlarida aks ettirilsinmi?” savoli oldidagi belgini olib tashlash zarur boʻlgan.

2022 yil 4 fevraldan boshlab soliq toʻlovchilarda bunday imkoniyat ham, shaxsiy kabinet funksionalida bunday savol ham yoʻq. Endi onlayn-NKM va virtual kassalarning barcha ma’lumotlari hisob-kitoblarda faqat avtomatik tarzda aks ettirilishi mumkin (qoʻlda tuzatish kiritish imkoniyatisiz).

Ularning aniqligi quyidagilarga bogʻliq:

  • xaridorlar bilan hisob-kitoblarda onlayn-NKT cheklari toʻgʻri shakllantirilganligi va yoʻl  qoʻyilgan xatolar oʻz vaqtida bartaraf etilganligiga;
  • onlayn-NKT axborot tizimining soz ishlashiga.

 

Vositachilik shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilish

Soliq boʻyicha hisob-kitoblarda vositachilik shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilingan tovarlardan olingan tushum toʻgʻri aks ettirilishi uchun onlayn-NKM yoki virtual kassani qayta sozlang. Vositachilik shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilingan tovar ostida komitentning STIRi avtomatik tarzda koʻrsatilishi kerak. Bunday sozlama onlayn-NKM tizimiga soliq bazasini SKning 250-moddasiga muvofiq taqsimlash imkonini beradi.

 

Boʻlib-boʻlib toʻlashga yoki kreditga realizatsiya qilish

Tovarlarni va xizmatlarni boʻlib-boʻlib toʻlashga va kreditga realizatsiya qilishda aylanma hisobotda SKning 242-moddasiga muvofiq aks ettirilishi uchun tovarni (xizmatni) topshirish kunida xaridorga “sotish” toʻlov turi bilan chek bering. Boʻlib-boʻlib toʻlash (kredit) shartnomasi boʻyicha keyingi hisob-kitoblarda esa “boʻlib-boʻlib toʻlash (kredit) toʻlov turi koʻrsatilgan chek bering.

 

Boʻnak toʻlovi sharti bilan realizatsiya qilish

Tovarni boʻnak toʻlovini qoʻllagan holda sotishda uni qabul qilishda “boʻnak” toʻlov turi bilan chek bering, yakuniy hisob-kitobda (tovarni topshirishda) esa - sotish chekini bering.

 

Imtiyozlar

Agar korxonangiz QQS va foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlardan foydalansa, ularni onlayn-NKT qoʻllanilgan holda sotilgan tovarlar boʻyicha soliq hisobotida hisobga olish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi “Onlayn-NKM va virtual kassa boʻyicha axborot” interaktiv xizmatining “Imtiyoz” funksionalidan foydalaning.

 

Xatolar va onlayn-NKT ma’lumotlarining texnik sabablarga koʻra kechikishi

Shaxsiy kabinetning “Onlayn-NKM va virtual kassalar boʻyicha ma’lumotlar” interaktiv xizmatining “Chekka tuzatish kiritish” menyusi funksionali chekni shakllantirishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni (notoʻgʻri soni, qiymati, tovar MXIKi va h.k.) tuzatishda yordam beradi.

Ba’zan tushumlar boʻyicha hisobotda, binobarin, soliqlar boʻyicha hisobotda texnik sabablarga koʻra bir nechta cheklar boʻyicha, shu jumladan - bir necha kun uchun ma’lumotlar boʻlmasligi mumkin. Bu holda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi “Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari boʻyicha axborot” interaktiv xizmatining “Tushumlar boʻyicha hisobot” menyusida “Yangilash” tugmasidan foydalaning.

Agar hisobotlarga toʻliq axborotga ega boʻlmagan cheklar “oʻtirsa”, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidagi “Onlayn-NKM va virtual kassa cheklari boʻyicha axborot” interaktiv xizmatining “Chekni tiklash” menyusi yordamida texnik kamchilikni bartaraf eting.

Quyidagi tavsiyalarda siz mavzuga doir batafsil yoʻriqnomalar va maslahatlarni topasiz:

Oleg GAYeVOY


Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text178410_onlayn-nkt_malumotlarini_soliqlar_buyicha_hisobotlarda_tugri_aks_ettirish