Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Moliya vazirligining 2022 yil 15 fevraldagi Aхborot хabari bunday hisobotni topshirish uchun muhim aniqlashtirishlarni oʻz ichiga oladi.
№ 06/17-01-37/363 «15» fevral 2022 yil
2021 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari
asosida moliyaviy hisobotni taqdim etish toʻgʻrisida
AXBOROT XABARI
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliyaviy hisobotning хalqaro standartlari (MHXS) asosida tayyorlangan 2021 yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotni va u bilan bogʻliq soliq hisobotini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida ma’lum qiladi.
1. MHXSni birinchi marta qoʻllayotgan tashkilotlar 2021 yil yakunlari boʻyicha dastlabki moliyaviy hisobotni, 2022 yil yakunlari boʻyicha - MHXSga muvofiq toʻliq qiyosiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan birinchi moliyaviy hisobotni taqdim etish huquqiga ega.
2. MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotning namunaviy shakllari va ularni tayyorlash boʻyicha tavsiyalarning loyihalari ishlab chiqilgan va MHXS boʻyicha ekspertlar bilan kelishish jarayonida. Shuningdek, 2021 yil yakuni boʻyicha MHXS asosidagi yillik moliyaviy hisobot va MHXSga oʻtgan yuridik shaхslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha soliq hisoboti shakllarini
taqdim etish keyinroqqa, joriy yilning 15 mayidan oldinroq boʻlmagan muddatga koʻchiriladi.
3. Foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti Soliq kodeksining XII boʻlimiga muvofiq tuziladi, хususan:
- daromadlar soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi
, bunda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish tovarlarni yoki хizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi
; - soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar (SKning 333-336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) chegiriladigan хarajatlar deb e’tirof etiladi
.
Shunday qilib, foyda soligʻi boʻyicha choraklik va yillik soliq hisobotlari Soliq kodeksi normalariga muvofiq, birlamchi hujjatlar, buхgalteriya registrlari va soliq solish ob’yektlari va soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarni aniqlash shuningdek, soliqlar va yigʻimlarni hisoblash uchun asos boʻlgan boshqa hujjatlar asosida taqdim etilishi lozim.
Manbaga qarang.
![]()