Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
DSQ notijorat tashkilotlarga ular QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtishlari kerakligi haqida xabarnoma yoʻlladi. Bunday tavsiyani shunchaki ma’lumot uchun qabul qilib, hech qanday harakatlarni amalga oshirmasa boʻladimi? Shuningdek, QQS toʻlovchilar safiga qoʻshilganlarda savol tugʻilmoqda - agar ular hali guvohnomani olishmagan boʻlsa, nima qilish kerak?
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:

– “2022 yil 1 yanvardan boshlab Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kuchga kirdi. Xususan, SKning 462-moddasida aylanmadan olinadigan soliq toʻlash huquqiga ega boʻlmagan toʻlovchilar roʻyxati kengaytirildi. Ular jumlasiga notijorat tashkilotlari ham kiritildi. Binobarin, ular QQS va foyda soligʻi toʻlashlari va ular boʻyicha belgilangan muddatda hisobot topshirishlari kerak.
Bu borada OAVda turli ma’lumotlar, shu jumladan - shubhali, nizoli xulosaga ega ma’lumotlar e’lon qilindi. Xususan, manbalardan birida ta’kidlanishicha, xorijiy kompaniyaning vakolatxonasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasi notijorat tashkilotlari deb e’tirof etiladi. Nazarimda, xorijiy kompaniyalarning vakolatxonalarini notijorat tashkilotlari jumlasiga kiritish uchun bu normada yetarli huquqiy asoslarni belgilaydigan aniqlik yoʻq.
Notijorat tashkiloti - bu yuridik shaxs, Xorijiy tijorat tashkilotlarining
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida nizomning 7-bandida esa: vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydilar, deb aniq aytilgan, bundan xorijiy aviakompaniyalar vakolatlari mustasno
.
Aniq notijorat tashkilotining maqomi va huquqlarini aniqlashda ayrim shaxslarning sharhlariga emas, balki birinchi manba - qonunga murojaat qilish lozim.
Notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik - juda murakkab. Misol uchun, uy-joy mulkdorlari shirkati toʻgʻrisida, kasaba uyushmalari toʻgʻrisida va hokazo toʻgʻrisida alohida qonunlar mavjud. Mutaxassislar oʻzlarining umumiy sharhlarida aynan sizning faoliyatingiz xususiyatini e’tibordan qochirishlari mumkin.
Xullas, notijorat tashkilotlari QQS va foyda soligʻi toʻlashga oʻtkazilishiga qaramay, ular SKning 237-moddasi 4-qismiga muvofiq QQS toʻlovchilarini soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtishlari shart.
Binobarin, 2022 yilning dastlabki ish kunlarida ular soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “QQS toʻlovchisi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish” interaktiv xizmati orqali roʻyxatdan oʻtkazish haqida ariza berishlari lozim boʻlgan. Biroq, kimlardir buni hali ham amalga oshirmagan.
Ehtimol, tahlika-tahlil tizimi (shaxsiy kabinetning “Mening holatimni tekshirish” menyusi) asosida kimgadir QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishgandir.
Agar siz QQS toʻlovchisi guvohnomasini olmagan boʻlsangiz, bu sizni yanvar uchun QQS boʻyicha hisobot topshirish va uni toʻlashdan ozod qilmaydi. Lekin siz hisobga olish huquqidan faqat Guvohnomani olganingizdan keyin foydalanishingiz mumkin.
Sizda hali hisobotni topshirish va QQSni toʻlash uchun vaqt bor. SKga muvofiq soʻnggi kun - 20 fevral, biroq u yakshanbaga toʻgʻri kelganligi bois, dushanba kuni ham yanvar uchun soliq majburiyatini bajarish mumkin.
Barcha notijorat tashkilotlariga moliyaning alohida-alohida hisobini yuritishni tavsiya qilaman. Bunda SKning 48-moddasi, SKning 304-moddasi, SKning 318-moddasi va sizning faoliyatingizni reglamentlovchi NHHlarga amal qiling. QQS va foyda soligʻini faqat tadbirkorlik faoliyatidan olingan aylanmalardan toʻlash zarur”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi