Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Korxona har oyda ayrim xodimlari uchun kommunal xizmatlarga haq toʻlaydi. Mazkur operatsiya buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettiriladi? Soliq oqibatlari qanday boʻladi?
Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
– “Agar ish beruvchi keyinchalik ushbu summani xodimning arizasiga asosan uning ish haqidan ushlab qolgan holda kommunal xizmatlarga haq toʻlasa, soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Agarda kommunal xizmatlarga haq toʻlash korxona mablagʻlaridan amalga oshirilsa, soliq solish maqsadlarida u xodimning moddiy naf tarzidagi daromadi deb e’tirof etiladi
va JShDS solinadi. Moddiy naf tarzidagi daromadlarga ijtimoiy soliq hisoblanmaydi
.
Bundan tashqari, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar uchun korxonaning bunday xarajati chegirilmaydigan xarajatlarga kiradi
va Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovada - 0118-satrning 3 va 4-ustunlarida aks ettiriladi.
JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobiga 5-ilovada va tegishincha, shu Hisob-kitobning 011-satrida moddiy naf tarzidagi daromad va u boʻyicha hisoblangan JShDS summalari aks ettirilmaydi, moddiy yordam va xodimlarning ish haqiga oid boʻlmagan boshqa daromadlari kabi. Ularni Hisob-kitobga 6-ilovada va JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 012-satrida aks ettiring.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
|
№ |
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Agar kommunal xizmatlar xodimning ish haqi hisobiga toʻlangan boʻlsa: |
|||
|
1 |
Korxona tomonidan oʻz xodimi uchun kommunal xizmatlarga haq toʻlandi |
||
|
2 |
Xodimning ish haqidan kommunal xizmatlarga toʻlov ushlab qolindi |
||
|
Agar kommunal xizmatlar korxona hisobidan toʻlangan boʻlsa: |
|||
|
1 |
Korxona tomonidan oʻz xodimi uchun kommunal xizmatlarga haq toʻlandi |
||
|
2 |
Xodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblandi (kommunal xizmatlarga haq toʻlash) va korxonaning xarajati aks ettirildi |
6730* |
|
|
3 |
Xodim bilan hisob-kitoblar schyoti boʻyicha kommunal xizmatlarga haq toʻlash boʻyicha oʻzaro hisob-kitob amalga oshirildi |
6730 |
|
|
4 |
Xodimning kommunal xizmatlarga haq toʻlash tarzidagi daromadi summasiga JShDS hisoblandi (jami daromad boʻyicha JShDSning umumiy summasida) |
||
*6710-schyoti boʻyicha aylanmalarni batafsil hisobga olish uchun masalan, 6730-subschyotni”Moddiy naf tarzidagi daromadlar - kommunal ximatlarga haq toʻlash”ga qoʻshishni tavsiya qilamiz.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()