9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Xodimning safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat oʻtashiga toʻlov uchun soliq oqibatlari
Korxonaning hisobvaragʻidan xodimning safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtashi uchun toʻlov oʻtkazildi. Bunda xodimda daromad yuzaga keladimi? Agar yuzaga kelsa, unga JShDS va ijtimoiy soliq solinadimi? Imtiyozlarni qoʻllash mumkinmi? Xodimning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmati davrida uning ish haqi saqlab qolinadimi?
Savollarga “Norma” eksperti Viktoriya BEZGINA javob berdi:
Agar toʻlov xodimning ish haqidan ushlab qolinmasa
– “Agar korxonangiz xodim-chaqiriluvchi uchun Mudofaa vazirligining maxsus hisobvaragʻiga toʻlovni amalga oshirgan va bunda ushbu summani uning ish haqidan ushlab qolmagan boʻlsa, xodimda moddiy naf tarzidagi daromad yuzaga keladi
.
- JShDS solinadi;
- soliq imtiyozlariga ega emas;
- ijtimoiy soliq solinmaydi;
- ShJBPHni hisoblab chiqish uchun baza boʻlib xizmat qiladi.
Ushbu daromadni va tegishincha, soliqni JShDS boʻyicha hisobotda - 6-ilovada va JShDS va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 012-satrida aks ettirishni unutmang.
Hisob-kitobga 5-ilovada va shu Hisob-kitobning 011-satrida moddiy naf va u boʻyicha hisoblangan JShDS summalari xuddi moddiy yordam summalari va xodimlarning ish haqiga oid boʻlmagan boshqa daromadlari kabi aks ettirilmaydi.
Agar korxona - foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlsa, bunday xarajat uning uchun:
- chegirilmaydigan xarajat
; - Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning 0118-satrida (3 va 4-ustunlarda) aks ettiriladi.
Agar toʻlovni amalga oshirib, keyin ushlab qolishgan boʻlsa
Agar siz koʻrsatilgan summani keyinchalik xodimning ish haqidan uning arizasi va rahbarning ish haqidan ushlab qolish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida ushlab qolsangiz, bu holda hech qanday qoʻshimcha daromadlar va soliqlar yuzaga kelmaydi.
Ijtimoiy kafolatlar
Ish beruvchi quyidagilarga majbur:
- harbiy burchni bajarish vaqtida - xodimni ish joyi (lavozimi) saqlangan holda ishdan ozod qilishga
; - safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SChR) xizmatni oʻtash vaqtida xodimning oʻrtacha ish haqini saqlab qolishga
”.
![]()