Shartnoma tuzishda xorijiy hamkorni qanday tekshirish zarur

preview

Soliqqa oid qonunchilik kontragentlarni tanlash chogʻida lozim darajada ehtiyotkorlik qilishni talab qiladi Xorijiy hamkor bilan shartnoma tuzishda nimaga e’tibor qaratish lozimligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA soʻzlab berdi:

 

– “Qonunchilikda potensial kontragentni tekshirishning tugal algoritmi yozilmagan. Shunga qaramay, oʻzingizni himoya qilish uchun oshkor qilinmagan asosiy qoidalarga rioya qiling.

Agar korxona lozim darajada ehtiyotkorlik qilmasa, soliq organi foyda soligʻini hisoblab chiqishda shartnoma boʻyicha xarajatlarni kiritmasligi mumkin . Demak, bu holda QQS ham hisobga olinmaydi.

 

Nimani tekshirish lozim

SK kontragentning ishbilarmonlik obroʻsini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirishni talab qiladi .

Buning uchun, birinchi navbatda, potensial hamkorning roʻyxatdan oʻtkazish (ustav) hujjatlarini oʻrganish lozim.

 

Tahririyat izohi: buni qanday amalga oshirish haqida bu yerda batafsil oʻqish mumkin:

 

Quyidagilarga albatta e’tibor bering:

  • kontragent kompaniyasining tashkiliy-huquqiy shakli;
  • mansabdor shaxslarning kontrakt tuzishga vakolatlari;
  • bitim tuzishda ehtimoliy cheklovlar;
  • tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalarning mavjudligi;
  • hamkor roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatda uning maqomi.

Hujjatlarning (ma’lumotlarning) haqiqiyligini bir necha usulda, shu jumladan - ochiq manbalarda tekshirish mumkin. Eng ommaviy variantlardan biri - tegishli soʻrov bilan xorijiy mamlakatlarning savdo reyestrlariga murojaat qilish.

Xorijiy kompaniyaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi, uning joylashgan joyi va tashkiliy-huquqiy shakli toʻgʻrisida rasmiy ma’lumotlarni topish mumkin boʻlgan ommaviy axborot-resurslari quyidagilar:

1. OpenCorporates;

2. GlobalDatabase.

Kompaniyaning oʻz sayti boʻlib, unda taklif qilinayotgan tovarlar (xizmatlar, ishlar) roʻyxati va ularni yetkazib berish shartlari koʻrsatilgan boʻlsa, bu ayni muddao. Quyidagi 2 narsaga e’tibor bering:

  • u  tashkil etilganiga qancha muddat boʻlgan;
  • u qanchalik “jonli” (katalog yangilanib boradimi, texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati soʻrovlarga munosabat bildiradimi va h.k.).

Hamkorning vakillari bilan uning hududida rasmiy uchrashuv tashkillashtirib, kompaniya faqat qogʻozda mavjud emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bu usul yaxshi ishlaydi. Biroq shuni inobatga olish joizki, ayrim chet davlatlarda ishbilarmonlik amaliyotida “savdo muzokaralari uchun ishlab chiqarish maydonini ijaraga olish” qabul qilingan.

Har qanday holda tadbirkorlik faoliyati tavakkalchilik asosida amalga oshirilishi va oʻylanmay qabul qilingan qarorlarning salbiy oqibatlari soliq toʻlovchining oʻz gardaniga tushishi tushunarli. Biroq, SKning lozim darajada ehtiyotkorlik qismida talablarga rioya qilingan taqdirda, hech boʻlmaganda, muvaffaqiyatsiz bitimning soliq oqibatlari unchalik ogʻir boʻlmaydi”.

Ushbu mavzuga doir yana materiallar:

 

 

Yuridik yordamchi — maslahatlar Yuridik yordamchi Yuridik yordamchi — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text179340_shartnoma_tuzishda_horijiy_hamkorni_qanday_tekshirish_zarur