Onlayn-NKM chekidagi xatoni tezkor tuzatish

preview

Xaridor doʻkondan chiqish chogʻida onlayn-NKM yoki virtual kassa chekida xato topib, sotuvchiga uni tuzatishni soʻrab murojaat qiladigan vaziyatlar uchrab turadi. Bundan sotuvchi ham manfaatdor. Buni qanday tez amalga oshirish va hisobga ziyon yetkazmaslikni buxgalter.uz iltimosiga binoan “Maron” MChJ TXKM onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassisi Rustam YoQUBOV va “Norma” eksperti Olga BUSAROVA tushuntirishdi:

 

– Onlayn-NKM boʻyicha tushum aylanmadan olinadigan soliq va QQS hisob-kitoblarida toʻgʻri aks ettirilishi uchun onlayn-NKM chekidagi xatoni shu kunni oʻzida tuzatish sotuvchi uchun muhimdir. Shuningdek, xaridor chekda xato boʻlmasligidan manfaatdor, sababi undan xarid qiymatining 1%i miqdorida keshbek oladi.

Kassa cheklaridagi xatolarni xarid amalga oshirilgan kunda tuzatish boʻyicha operatsiya buxgalteriya hisobi uchun oqibatlarga ega boʻlmaydi, shu bois qoidaga koʻra, uni buxgalteriya oʻtkazmalarida aks ettirishmaydi. Biroq, agar kassangiz va buxgalterlik dasturingiz integratsiya qilingan va buxgalteriya hisobida onlayn-NKM ma’lumotlarini aks ettirishda avtomatik tarzda hamkorlik qilsa, ushbu jihatga e’tibor bering va buxgalterlik dasturingiz sozlamasiga asosan harakat qiling.

Nazarimizda, vaqti kelib onlayn-NKM tizimida kassa cheklaridagi xatolarni tezkor tarzda tuzatish uchun oddiy,  onlayn-NKM yoki virtual kassaning bir nechta tugmasiga bosish yoʻli bilan eng koʻp tarqalgan xatolarni tuzatish imkonini beradigan maxsus funksional paydo boʻlishi kerak. Xorijda bunday funksional koʻp vaqtdan buyon qoʻllaniladi.

Oʻzbekistonda hozircha soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining “Onlayn-NKM va virtual kassalar boʻyicha ma’lumotlar” interaktiv xizmatining “Chekka tuzatish kiritish” menyusidan foydalanishga toʻgʻri keladi. U chekning elektron nusxasi bilan ishlashni nazarda tutadi, shu bois xaridor tuzatish amalga oshirilganligining tasdigʻi sifatida hujjatning qogʻoz shaklini olmaydi.

Ushbu funksionalning eng katta salbiy jihati shundan iboratki, xatoni tuzatish vaqt talab qiladi, ayrim hollarda bunga hatto bir necha kun talab qilinishi mumkin. Kassir soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish vakolatiga ega buxgalterga tuzatish kiritish uchun ma’lumotlarni berishi zarur. Buxgalter xatoga yoʻl qoʻyilganligi holatini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlaydi va ularni  “Chekka tuzatish kiritish” menyusi shakli orqali soliq organiga joʻnatadi. Soliq organi ularni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi, bunga ham vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari, mazkur funksional tovar nomi bilan bogʻliq xatolarni tuzatish imkonini bermaydi.

Ancha tezkor va moslashuvchan yechim sifatida qaytarishni rasmiylashtirish tartib-taomilini koʻrib chiqish mumkin. Umuman, kassada chekdagi xatoni tuzatish zarurati bilan bogʻliq har qanday vaziyatni xaridorning tovarni qaytarishni rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi talabi sifatida tasavvur qilish mumkin, shundan soʻng toʻgʻri ma’lumotlar bilan yangi chek rasmiylashtiriladi.

Muammolardan qochish uchun, hatto faqat tovarlardan biri boʻyicha axborotda xato boʻlgan taqdirda ham butun chekka qaytarishni rasmiylashtirishni tavsiya qilamiz.

Bu holda quyidagilarni rasmiylashtirgan holda Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn NKM va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomning 35-38-bandlarida nazarda tutilgan barcha talablarga rioya qilishga toʻgʻri keladi:

  • xaridorning savdo shoxobchasi rahbari nomiga arizasi;
  • tovarni qaytarishga yukxati;
  • tovarni qaytarish toʻgʻrisida dalolatnoma;
  • chiqim kassa orderi (agar mablagʻlar naqd shaklda qaytarilsa).

Ushbu hujjatlar toʻplamiga xaridor tomonidan qaytariladigan sotish cheki ilova qilinadi. Shundan keyin kassir qaytarish chekini uradi. Soʻngra toʻgʻri chekni uradi.

Onlayn-NKM yoki virtual kassangizning funksional imkoniyatlariga, shuningdek ularni qoʻllash boʻyicha kassirning koʻnikmalariga koʻp narsa bogʻliq. Ayniqsa bu onlayn-NKM xotirasiga tovar nomi va/yoki narxi xato kiritilgan vaziyatga taalluqlidir. U holda avval onlayn-NKM xotirasidagi ma’lumotlarga tuzatish kiritish zarur boʻladi. Yoki - tegishli funksional mavjud boʻlgan taqdirda - chekni shakllantirish jarayonida NKMga toʻgʻri ma’lumotlarni kiritish zarur.

Biz jadvalda variantlardan har birining ijobiy va salbiy jihatlarini batafsil koʻrib chiqdik:

Nimani tuzatish zarur

Tuzatish usuli

Rekvizit

Xato roʻy berishi mumkin boʻlgan vaziyat

“Chekka tuzatish kiritish” funksionali

Tovarni qaytarishni rasmiylashtirish

Tovar nomi

Chekka ortiqcha tovar tushib qolgan

Nazarda tutilmagan

Mumkin. Agar qaytarish tovar nomidagi xatoni tuzatish va toʻgʻri chek berish maqsadida rasmiylashtirilsa, u holda onlayn-NKM xotirasidagi ma’lumotlarni oʻzgartirish yoki nomini qoʻlda kiritish mumkin (agar bunday funksiya nazarda tutilgan boʻlsa).

Har qanday holda qaytarishni rasmiylashtirishda qoʻshimcha ravishda kassirning tushuntirish xatini rasmiylashtirish tavsiya qilinadi. Bu hisobda xatodan qochish imkonini beradi

Xaridor kassadan uzoqlashmay turib, tovardan voz  kechishga qaror qildi

Tovar nomi xato koʻrsatilgan

Tovarning soni

Masalan, xaridor 2 ta bir xil qutida choy xarid qildi, biroq doʻkondan chiqishda bittasidan voz kechishga qaror qildi

Mumkin, biroq koʻp vaqt talab qiladi

Mumkin. Ushbu variant ancha maqbul koʻrinadi.

Tasodifan, chekda ortiqcha tovar birligi koʻrsatilgan

Tovarning qiymati

Onlayn-NKMga kiritilgan ma’lumotlarda xato

Mumkin, biroq koʻp vaqt talab qiladi

Mumkin. Biroq, qaytarishdan keyin chekni toʻgʻri ma’lumotlar bilan rasmiylashtirish uchun apparatingiz chekni shakllantirish vaqtida narxni tuzatish yoki kiritish uchun funksionalga ega boʻlishi, kassir esa undan foydalanishni bilishi kerak

Kassir tomonidan klaviatura yordamida narxni kiritish chogʻida xatoga yoʻl qoʻyilgan

Toʻlov shakli (naqd shaklda/terminal orqali)

Kassirning xatosi

Mumkin. Mazkur vaziyat uchun ushbu variant eng maqbul koʻrinadi.

 

Xaridor koʻproq xatolarni darhol tuzatishni talab qilib turib olmaydi, sababi mazkur holda uning manfaatlariga deyarli daxl qilmagan. Ushbu xatoni sotuvchida hisobni toʻgʻri yuritish uchun tuzatish zarur. Asosiysi - xatoga yoʻl qoʻyilganligi haqida buxgalterni oʻz vaqtida xabardor qilish

Mumkin. Biroq mazkur vaziyatda xatoni “Chekka tuzatish kiritish” funksionali orqali tuzatish varianti eng maqbul koʻrinadi, sababi u xaridorni qaytarish chogʻida zarur boʻladigan ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq keraksiz ovoragarchilikdan xalos qilish imkonini beradi

MXIK

Chekda hamma tovarlarga ham toʻgʻri MXIKlar koʻrsatilmaganligi tufayli, xaridor xarid qiymatining 1%i miqdorida toʻliq hajmda chekdan keshbek ololmaydi

Mumkin. Mazkur vaziyat uchun ushbu variant eng maqbul koʻrinadi.

Ehtimol, xaridor xato bir necha kun ichida tuzatilishiga rozi boʻladi. Kassir buxgalterni xato toʻgʻrisida xabardor qilishi muhimdir

Mumkin. Biroq variant xaridor tovardan umuman voz kechishni istagan vaziyatlar uchun toʻgʻri keladi. Chunki kassirning qisqa vaqt ichida onlayn-NKM ma’lumotlarida MXIKdagi xatoni mustaqil ravishda tuzatishi amri maholdir, sababi birgina NKM tuzilishini bilish buning uchun yetarli emas. Bu vaziyatda yana tasnif.soliq.uz ga muvofiq mos keladigan MXIKni aniqlash lozim boʻladi

Har qanday holda sizning TXKM mutaxassislari bilan chekdagi xatoni tuzatishning turli variantlarini muhokama qilishni tavsiya qilamiz. Bu sizning NKM yoki virtual kassangizning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda koʻrgazmali suhbat boʻladi.

Oleg GAYeVOY tayyorladi

 

Onlayn-NKT Onlayn-NKT Onlayn-NKT /oz/publish/doc/text179536_onlayn-nkm_chekidagi_hatoni_tezkor_tuzatish