Koʻchmas mulk bilan bogʻliq “xorijiy” xizmatlar boʻyicha QQSni toʻlash

preview

Chet el qurilish kompaniyasi Oʻzbekistondagi korxona bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha respublikamizda sport kompleksini quradi. Yoki - chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda bino sotib oldi va uni ijaraga beradi... 

Xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar boʻyicha QQSni qanday hisoblab chiqishni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:

 

– Koʻchmas mol-mulk bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarni realizatsiya qilish joyi uning joylashgan joyi boʻyicha aniqlanadi. Binobarin, mol-mulkning oʻzi bu yerda joylashgan boʻlsa, bunday xizmatlar Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan, deb e’tirof etiladi .

Agar Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi deb hisoblanadigan tovarlar Oʻzbekistonda QQS toʻlovchilar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan chet ellik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan boʻlsa, Oʻzbekistondagi korxona  soliq agenti sifatida, ulardan QQS toʻlashi shart . Bunda, soliq agentlari u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qat’i nazar, oʻz majburiyatlarini bajaradi .

Eslatib oʻtamiz

Koʻchmas mulk jumlasiga: yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan ob’yektlar kiradi.

Qonunda boshqa mol-mulk ham koʻchmas mol-mulk jumlasiga kiritilishi mumkin.

Koʻchmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk koʻchar mulk hisoblanadi .

Koʻchmas mol-mulk bilan bevosita bogʻliq xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:

  • qurilish, montaj qilish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash, ta’mirlash xizmatlari;
  • restavratsiya qilish;
  • koʻkalamzorlashtirish;
  • koʻchmas mol-mulkni ijaraga berish;
  • arxitektura loyihasini ishlab chiqish,
  • qurilish faoliyatini tayyorlash va muvofiqlashtirish, arxitektura va qurilish faoliyati ustidan mualliflik va (yoki) texnik nazorat;
  • shunga oʻxshash boshqa xizmatlar (masalan, qurilish maydonini tayyorlash, yer, geodeziya, muhandislik qidiruvlari va h.k.).
Misol
Rossiya qurilish kompaniyasi Oʻzbekistondagi korxona bilan shartnoma asosida Oʻzbekistonda ob’yektni quradi.

Mazkur holda norezident tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar koʻchmas mol-mulk (qurilish ob’yekti) bilan bogʻliq. Shu bois ijrochi - chet el kompaniyasi ekanligiga qaramay, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanadi.

Binobarin, Rossiya kompaniyasining qurilish xizmatlariga Oʻzbekistonda QQS solinadi. Qurilish maydoni chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi (DM) deb e’tirof etiladi. Bunda DMning  istalgan ketma-ketlikdagi 12 oylik davr mobaynida 183 kundan ortiq muddat mobaynida faoliyat yuritishi hisobga olinadi .

2020 yildan boshlab DM QQS toʻlovchilariga aylanganligi bois , ular realizatsiya qilish boʻyicha soliq solinadigan aylanmani oʻzining faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi va QQS toʻlaydi .

Misol
Chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda mulkida binoga ega boʻlib, uni Oʻzbekistondagi korxonaga ijaraga beradi

QQS solish maqsadlarida ijara xizmat deb e’tirof etiladi. Koʻchmas mulk Oʻzbekistonda joylashganligi bois, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanadi.

Agar chet el yuridik shaxsi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa, Oʻzbekistondagi korxona, soliq agenti sifatida, ijara haqidan QQS summasini ushlab qolishi va soliqni byudjetga toʻlashi shart .

Agar ijara shartnomasida ijara haqiga QQSni kiritish nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va oʻz mablagʻlari hisobidan uni byudjetga toʻlashi shart .

E’tibor bering
Chet ellik shaxslar tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha QQSning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati soliq toʻlovchiga hisobga olishning boshqa shartlariga rioya qilingan taqdirda, toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi .

Soliq agentlari - QQS toʻlovchilar soliq hisobotini - chet el yuridik shaxslaridan xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha alohida QQS hisob-kitobini (shakl kodi  1001_4) oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etadilar .

Soliq agentlari - QQS toʻlovchilar hisobotni soliq toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 20 kunidan kechiktirmay taqdim etadilar .

 

Mavzuga doir qoʻshimcha tushuntirishlarni tavsiya qilamiz:

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text179991_kuchmas_mulk_bilan_bogliq_horijiy_hizmatlar_buyicha_qqsni_tulash