Vakolatxonani QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish mumkinmi

preview

Oʻzbekistonda tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilmaydigan chet el kompaniyasi vakolatxonasi  bosh kompaniyasidan oʻz ehtiyojlari uchun import boʻyicha kanselyariya tovarlarini oldi. Buning ortidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga endi vakolatxona QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun xabarnoma berishi va keyinchalik TIF operatsiyalari mavjud boʻlmagan taqdirda “boʻsh” hisobotlar topshirishi kerakligi toʻgʻrisida xat keldi.  Bu qonuniymi?

Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA sharhlab berdi:

 

– Yoʻq, qonuniy emas.

Quyidagilar QQS toʻlovchilari hisoblanadi:

  • Oʻzbekiston hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston e’tirof etilsa ;
  • faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari .

Chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalari 23.10.2000 yildagi 410-son VMQ bilan tasdiqlangan Xorijiy tijorat tashkilotlarning Oʻzbekiston   Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi.

Xorijiy firmalar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalarini uning hududida oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ochadilar .

Vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi va xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydi, koʻrsatilgan Nizomning 8-bandida aytib oʻtilgan hollar bundan mustasno.

Xorijiy firmalar, vakolatxonalar va ularning xodimlariga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi .

Shu tariqa, vakolatxonalar QQS toʻlovchilari hisoblanmaydi va agar ular manfaatlarini ifodalovchi xorijiy tashkilot Oʻzbekistonda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilmasa, QQS boʻyicha hisobotni taqdim etish majburiyati boʻlmaydi.

Mavzuga doir tavsiyalar:

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text180024_vakolathonani_qqs_tulovchisi_sifatida_ruyhatdan_utkazish_mumkinmi