9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Maishiy texnikani majburiy raqamli markirovkalash roʻyxatlari va muddatlari belgilandi (02.04.2022 yildagi 148-son VMQ):
- changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor 2022 yil 15 apreldan boshlab majburiy markirovkalanadi;
- maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkich - 2022 yil 1 avgustdan boshlab;
- suv isitish qozonlari, konditsioner, oʻrnatilgan elektr motorli maishiy texnika (sharbat chiqazgich, blender, mikser, kofe yanchgich, goʻsht maydalagich) va barcha turdagi lampalar - 2022 yil 1 noyabrdan boshlab.
“Asl belgisi” tizimi operatori - “CRPT TURON” MChJ tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga va import qiluvchilarga markirovka kodlari taqdim etiladi.
148-son qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- majburiy raqamli markirovkalanadigan maishiy texnika mahsulotlarining identifikatsiya kodlari roʻyxati;
- ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
- import qiluvchi tashkilotlar tomonidan maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma- bosqich joriy qilish grafigi;
- ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining maishiy texnika mahsulotlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi;
- Maishiy texnika mahsulotlarini identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.04.2022 yildan kuchga kirdi.
Norma.uz materiallari asosida