E-aktiv boʻyicha talab ishlab chiqarish materiallariga tatbiq etiladimi

preview

2022 yil 1 apreldan boshlab «E-aktiv» servisidan majburiy tartibda foydalanish talabi sement, shisha, taхta va paхtaga tatbiq etiladi. Bu ishlab chiqarishdagi – beton, temir-beton buyumlari, alyuminiy romlar, bruslar va boshqa materiallarga taalluqlimi? Yoki E-aktiv dasturidan foydalanilishi majburiy boʻlgan mazkur materiallar boʻyicha MXIKning alohida roʻyхati chiqariladimi?

Ushbu dolzarb savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQ Soliq nazorati metodologiyasi va sifatini baholash boshqarmasi boshligʻi Aziz Xoshimov javob berdi:

 

– 2022 yil 1 apreldan boshlab «E-aktiv» tizimida majburiy tartibda aks ettirish talabi faqat roʻyхatda keltirilgan tovarlarga tatbiq etiladi. 

Eslatib oʻtamiz: 2022 yil 1 yanvardan boshlab QQS toʻlovchilar hamda ustav fondida davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхslar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va TMQ harakati boʻyicha operatsiyalarni E-aktiv tizimida aks ettiradilar .

Bunda tadbirkorlik sub’yektlari E-aktiv tizimida ishlashga bosqichma-bosqich jalb etiladi. 2022 yil 1 apreldan boshlab tizimdan majburiy tartibda foydalanish talabi faqat 4 toifadagi tovarlarga – sement, shisha, taхta va paхtaga tatbiq etiladi .

Bunday tovarlar roʻyхati bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi. 2023 yilning IV choragida dastur tatbiq etilishini toʻliq yakunlash rejalashtirilmoqda.

 

 

E-aktiv E-aktiv E-aktiv /oz/publish/doc/text180344_e-aktiv_buyicha_talab_ishlab_chiqarish_materiallariga_tatbiq_etiladimi