Kompaniyangiz Tax-Free tizimi ishtirokchisi boʻladimi

preview

2023 yil yanvarda Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlari hududida Tax-Free tizimining QQS summasini qaytarish boʻyicha dastlabki tajriba shoxobchalari ochiladi. 2022 yil 1 avgustga qadar esa ushbu tizimga kirish istagini bildirgan Oʻzbekistonning yuridik shaxslari bilan shartnomalar tuzish tartibi va shartlari ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.

NHH loyihasi tizimga kirish shartlari bilan QHTBTda joylashtirilgan. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida:

 

Tax-Free doirasida QQSni qaytarish boj olinmaydigan savdo doʻkonlaridan (Duty Free) xarid qilingan tovarlar, aksiz toʻlanadigan tovarlar, avtomobillar va xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, QQS summalari tovarlar toʻliq yoki qisman ishlatilgan hamda asl oʻrami bilan birga boʻlmagan tovarlar uchun qaytarilmaydi.

Tax-Free tizimida savdo qiluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kirish uchun yuridik shaxs quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:

  • chakana savdo sohasida 2 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan boʻlishi;
  • QQS toʻlovchisi deb e’tirof etilgan boʻlishi;
  • DSQga murojaat qilgan sanada soliq qarzdorligi mavjud boʻlmasligi.

Tax-Free tizimi operatori (chet el fuqarolariga doʻkonlardan - Tax-Free ishtirokchilaridan xarid qilingan tovarlar uchun bevosita QQSni qaytaradigan ofis) boʻlish uchun:

  • Oʻzbekiston hududida joylashgan koʻchmas mulkka ega boʻlishi;
  • xarid cheklarini saqlash uchun sertifikatlangan apparat vositalari oʻrnatilgan va aloqa vositalariga ega boʻlishi;
  • kamida 3 nafar, shundan axborot texnologiyalari, moliya-iqtisodiyot, soliq yoki buxgalteriya sohalarida oliy ma’lumotga ega boʻlgan bir nafar mutaxassisga ega boʻlishi lozim.

Loyihani muhokama qilish 2022 yil 15 aprelga qadar davom etadi.

 

Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text180345_kompaniyangiz_tax-free_tizimi_ishtirokchisi_buladimi