9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Prezident tomonidan 6 aprel kuni “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qoʻllab- quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat bilan eksport qiluvchi korxonalarga 1 yil muddatga -2022 yil 1 apreldan boshlab 2023 yil 1 aprelga qadar yangi preferensiyalar beriladi. Tafsilotlar - buxgalter.uz sharhida.
1. Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni eksport qiluvchilarga:
– YeI davlatlariga eksport qilishda -tashish xarajatlarini 70%gacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;
– qoʻshni davlatlarga eksport qilishda - tashish xarajatlarini 50%gacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
2. Tovarlar (maxsus turdagi tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlar eksportida shartnoma tuzmasdan hisobvaraq-fakturalar (invoyslar) asosida oldindan toʻlov miqdori 50%gacha kamaytiriladi.
3. Bojxona ombori rejimida 6 oydan koʻp boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashga taqiq bekor qilinadi.
4. Mahalliy eksportchi korxonalarning murojaatlariga asosan eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.
2 hafta muddatda eksport qilishda tashish xarajatlarini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladigan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar roʻyxati tasdiqlanadi va Yagona portalda e’lon qilib boriladi.
Eksportchilarga tavsiyalar:
- Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi;
- QQSni qachon hisobga olish mumkin;
- Eksport operatsiyalarini amalga oshirish tartibi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi