Hamkor korxonaga vaucherni hadya qilishning soliq oqibatlari

preview

Quruvchi - QQS toʻlovchi kvartiralarni xarid qilishda hamkor korxonaga maishiy texnika olish huquqini beruvchi sovgʻa sertifikatini/vaucherni hadya qilishni rejalashtirmoqda. U oʻz hisobidan sertifikatlar blankalarini tayyorladi va hamkor bilan oldi-sotdi shartnomasini tuzdi. Hamkor vaucher boʻyicha tovarni sotish kunida quruvchiga jismoniy shaxsdan olingan vaucherni yuboradi va joʻnatilgan maishiy texnikaga EHF taqdim etadi.

1. Quruvchi mazkur vaziyat boʻyicha qanday soliqlarni toʻlaydi?

2. Sovgʻa sertifikatiga JShDS solinadimi?

3. Aksiyaning turli bosqichlarida quruvchida qanday oʻtkazmalar yuzaga keladi?

Savollarga “Norma” eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:

 

– Eng avvalo  SKda sovgʻa sertifikatlarini (vaucherlarni) berish haqida nima deyilganini eslab oʻtamiz:

  • vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish QQS soliq maqsadlarida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb e’tirof etiladi ;
  • tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi ;
  • tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi .

Soliq kodeksida vaucher yoki sovgʻa sertifikati tushunchasi mavjud emas. SKning 248 va 463-moddalaridan kelib chiqib, QQS va aylanmadan olinadigan soliq solish maqsadlarida vaucher deganda tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi sertifikat (hujjat) tushuniladi.

 

QQS

Savol shartlariga koʻra, quruvchi vaucherni berish paytida vaucherda koʻrsatilgan tovarlarga (maishiy texnikaga) ega boʻlmaydi. Shunga qaramay, SKning 248-moddasida belgilanishicha: vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati QQS boʻyicha soliq bazasi boʻladi. Ya’ni quruvchi sovgʻa sertifikatini (vaucherni) berish paytida tovar sifatida “Sovgʻa kartasi, vaucher”ni koʻrsatgan holda EHF taqdim etishi shart.

Masalan, quruvchi 1 mln soʻmga vaucher beradi. EHFda jismoniy shaxs nomiga u quyidagilarni koʻrsatadi: yetkazib berish qiymati 869 565,22 soʻm (1 000 000 : 1,15 ), QQS = 130 434,78 soʻm, yetkazib berish qiymati QQS bilan = 1 000 000 soʻm.

Vaucherni oluvchi maishiy texnikani xarid qilgandan soʻng, quruvchi tegishli MXIK 09800001005000000 “Sovgʻa kartasi, vaucher”ni tanlagan holda, hamkordan unga EHF oladi. Haqiqatda tovarlar olinmagan, shu bois quruvchi ishonchnoma yozmaydi va tovarlarni 2910 “Ombordagi tovarlar” buxgalteriya schyotiga kirim qilmaydi. Texnika qiymatining summasini bir yoʻla 9410 “Sotish xarajatlari” buxgalteriya schyotiga hisobdan chiqarish mumkin. Tegishincha, QQS hisobga olishga qabul qilinadi.

 

Foyda soligʻi

Jami daromadga kiritiladigan daromadlar roʻyxatida bepul berilgan vaucherlar alohida koʻrsatilmagan (aylanmadan olinadigan soliqdan farqli oʻlaroq). Biroq ularni daromadlar tarkibiga - boshqa daromadlar moddasi boʻyicha kiritish zarur.

Bu holda QQS boʻyicha tushum va foyda soligʻi boʻyicha tushum mos keladi. Biroq bu soliq solinadigan daromadning oshishiga olib kelmaydi, sababi daromad xarajatga tengdir.

 

JShDS

Quyidagilarga soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:

  • soliq toʻlovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar boʻyicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari .

Biroq ishtiroki natijasida olingan daromadlar soliq toʻlovchining soliq solinadigan jami daromadiga quyidagi hollarda qoʻshilishi kerak, agar:

  • uning dasturlarda ishtiroki ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilsa;

yoki

  • soliq toʻlovchi ularda aksept muddati 30 kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qoʻshilsa;

Shu tariqa quruvchi dasturga qoʻshilish shartlari va aksept (tovarni olish) muddati 30 kundan koʻp boʻlgan ochiq ofertani e’lon qilgan boʻlsa, jismoniy shaxs - vaucherni oluvchida daromad yuzaga kelmaydi. Tegishincha, unga JShDS solish kerak emas.

Quruvchining buxgalteriya oʻtkazmalari:

T/r

Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni

Schyotlar korrespondensiyasi

Summa (shartli ravishda)

Debet

Kredit

1

Matbaa kompaniyasi umumiy summasi 50 ming soʻm boʻlgan 10 ta vaucher blankalarini tayyorlashga EHF taqdim etdi

1090 “Boshqa materiallar”

6010 “Mol yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan schyotlar”

43 478,26

QQS ajratildi, matbaa kompaniyasi EHFga asosan

4410 “Soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (QQS) ”

6 521,74

2

Kvartira xaridoriga sovgʻa tariqasida berilgan vaucherga EHF taqdim etildi

4010 “Xaridorlar bilan hisob-kitoblar”

9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar»

869 565,22

Realizatsiyaga QQS hisoblandi

6410 “Byudjet bilan hisob-kitoblar (QQS) ”

130 434,78

3

Vaucher blankasi hisobdan chiqarildi

9410 “Sotish xarajatlari»

1090 “Boshqa materiallar”

4 347,83

4

Vaucher sovgʻa tariqasida olinganligi bois, uning qiymati realizatsiya qilish xarajatlariga kiritiladi

9410 “Sotish xarajatlari»

4010 “Xaridorlar bilan hisob-kitoblar”

1 000 000

5

Hamkordan vaucherlar uchun tovarlarni sotish EHF olindi

9410 “Sotish xarajatlari»

6010 “Mol yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan schyotlar”

869 565,22

Hamkorning EHFga asosan QQS ajratildi

4410 “Soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (QQS) ”

130 434,78

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text180392_hamkor_korhonaga_vaucherni_hadya_qilishning_soliq_oqibatlari