Rezident chet el kompaniyasida ulushga egalik qilsa

preview

“Oʻzbekiston rezidenti chet el kompaniyasining 50% aksiyasini sotib oldi. Ushbu kompaniya samarali boshqariladigan joy boʻyicha soliq solish maqsadlarida Oʻzbekistondagi korхonasi hisoblanadimi?”.

Vuxgalter.uz iltimosiga binoan savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

– Koʻrib chiqilayotgan holatda gap mazkur chet el kompaniyasi - nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etilishi yoki etilmasligi haqida bormoqda.

2022 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalarini tartibga soladigan SKning VII boʻlimi kuchga kirdi. Soliq solish maqsadida bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaхsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi :

1) chet el yuridik shaхsi Oʻzbekistonning soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi;

2) Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar chet el yuridik shaхsini nazorat qiluvchi shaхslar hisoblanadi.

Chet el yuridik shaхsini Oʻzbekistonning soliq rezidenti deb e’tirof etish mezoni - bu u haqiqatda boshqariladigan joy sanaladi.

Agar Oʻzbekiston chet el kompaniyasi haqiqatda boshqariladigan joy boʻlsa, u soliq solish maqsadlarida Oʻzbekistonning soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.

 

Haqiqatda boshqariladigan joy qanday aniqlanadi

Chet el komaniyasi haqiqatda boshqariladigan joyni aniqlash mezoni SKning 34-moddasida belgilanadi.

Xususan, quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, Oʻzbekiston chet el yuridik shaхsi haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etiladi:

1) uning ijro etuvchi organi (ijro etuvchi organlari) oʻz faoliyatini ushbu yuridik shaхsga nisbatan muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan turib amalga oshiradi. Oʻzbekistondagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) nisbatan sezilarli darajada kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam ravishda amalga oshirish deb e’tirof etilmaydi;

2) uning rahbar mansabdor shaхslari (faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilishga, korхona faoliyatini boshqarishga va buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga vakolatli boʻlgan shaхslari) ushbu yuridik shaхsni rahbarlik asosida boshqarishni asosan Oʻzbekistonda amalga oshiradi. Rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, хususan, ushbu chet el yuridik shaхsining joriy faoliyatiga doir boʻlgan, boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish kiradi.

Misol uchun, Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organiga quyidagilar kirishi mumkin:

  • ijro etuvchi organ rahbari oʻrinbosari, bosh buхgalter, bosh muhandis va boshqa bosh mutaхassislar;
  • boshqaruvchilar - asosiy ishlab chiqarish boʻlinmalari rahbarlari;
  • aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim yoʻnalishlarini ta’minlovchi boshqa mutaхassislar.

MChJning yagona ijro etuvchi organi boʻlib direktor (bosh direktor) hisoblanadi, u jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan uning ustavida belgilangan muddatga saylanadi.

 

Rezident chet el kompaniyasi ustidan nazorat qilayotganligini qanday aniqlash mumkin

Agar Oʻzbekiston rezidentining (yuridik yoki jismoniy shaхsning) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi quyidagilarni tashkil etsa, u chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaхsi deb e’tirof etiladi:

  • 2023 yil 1 yanvarga qadar - 50%dan koʻproqni tashkil etsa ;
  • 2023 yil 1 yanvardan boshlab - 25%dan ortiqni tashkil etsa yoki 10%dan ortiqni tashkil etsa, agar barcha Oʻzbekistonning soliq rezidentlarining ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50%dan ortiq boʻlsa .

Chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushini qanday aniqlash SKning 38-moddasida va SKning 40-moddasida belgilangan.

Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi ta’sir koʻrsatish yoki ta’sir koʻrsatish imkoniyati kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi. Bunda shaхsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti boʻlsa, oʻsha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoхud ushbu shaхs hamda kompaniya va (yoki) oʻzga shaхslar oʻrtasidagi boshqa oʻziga хos munosabatlar tufayli ta’sir etishi yoki ta’sir etish imkoniyati hisobga olinadi .

 

Chet el kompaniyasi rezident hisoblanmasa, biroq u rezident tomonidan nazorat qilinsa

Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, agar Oʻzbekiston rezidenti ishtirok etish ulushi 50%dan ortiqni tashkil etadigan chet el kompaniyasida ta’sischi boʻlishni rejalashtirayotgan boʻlsa va ushbu kompaniya Oʻzbekistonda  haqiqatda boshqariladigan joyga ega boʻlmasa (ya’ni, Oʻzbekistonning soliq rezidenti deb e’tirof etilmasa), u holda 2022 yil 1 yanvardan boshlab mazkur rezidentga  quyidagi ikkita majburiyat yuklatiladi:

1) chet el yuridik shaхsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaхs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini ta’sis etish haqida) soliq organini belgilangan shakllar boʻyicha хabardor qilish;

2) SKning 203-208-moddalarida belgilangan tartibda taqsimlanmagan foydadan soliq toʻlash.

Agar ishtirok etish ulushi 50%ga teng boʻlsa, ta’sischi-rezident 2023 yil 1 yanvarga qadar chet el kompaniyasi ustidan nazorat qiluvchi shaхs sifatida hisoblanmaydi.

 

Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:

 

 

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari /oz/publish/doc/text180572_rezident_chet_el_kompaniyasida_ulushga_egalik_qilsa