Nogironligi boʻlgan shaxs vasiylariga JShDS boʻyicha imtiyozlar qoʻllaniladimi

preview

2022 yil 1 martdan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslar uchun JShDS boʻyicha imtiyoz MHEKMning 3 baravarigacha oshirildi. Bu bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxslarni tarbiya qiluvchi shaxslarga daxl qiladimi? 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi:

 

– 2022 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning JShDS solinmaydigan daromadlari summasi MHEKMning 3 baravarini tashkil etadi .

Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Imtiyoz nogironlar bilan birga yashovchi va ularni tarbiyalovchi shaxslar daromadlariga tatbiq etilmaydi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text180686_nogironligi_bulgan_shahs_vasiylariga_jshds_buyicha_imtiezlar_qullaniladimi