Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Davstatqoʻm Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan hisobotlarni topshirish muddatlarining koʻchirilishi haqida e’lon qildi. Soʻnggi muddat - 2022 yil 7 mayga qadar.
Statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari uzaytiriladi:
- 1-invest (xorijiy) shakli “Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot”;
- 12- narx (xarid) shakli “Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (sanoat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (savdo) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot”;
- 12-korxona (xizmat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot”.
Idoraning serverlari kechayu kunduz ishlaydi, хohishga qarab hisobotlarni koʻrsatilgan muddatdan avval yuborish mumkin.
Manbaga qarang.
Yoʻriqnomalar va yoʻl-yoʻriqlar bilan foydali materiallarni tavsiya qilamiz:
- yeStat 4.0 dasturi statistika hisobotlarini joʻnatish boʻyicha asosiy platformaga aylandi. Undan qanday foydalaniladi;
- Tashkilotingiz qanday statistika hisobotini topshirishi kerak.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi