Kompyuter xizmatlari uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozdan kimlar foydalanadilar

preview

«Korxona IFUT boʻyicha «Kompyuter va periferiya uskunalari» 95110 kodiga muvofiq xizmatlar koʻrsatadi. 27.01.2022 yildagi PQ-104-son qarorga asosan ijtimoiy soliqning imtiyozli stavkasini qoʻllashimiz mumkinmi?».

Savolga MV Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari Umid HAMROYeV javob berdi:

 

– Korxona ijtimoiy soliqning 1%lik stavkasini qoʻllashga haqli.

 

2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar turli xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilandi . Shu jumladan – kompyuter xizmatlari ham.

Mazkur imtiyoz bunday xizmatlar koʻrsatishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 60%ini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qoʻllaniladi.

«Kompyuter xizmatlari» tushunchasi kompyuter texnikasi bilan bogʻliq barcha xizmatlarni oʻz ichiga oladi. Shu boisdan kompyuter va periferiya uskunalarini ta’mirlash xizmatlarini koʻrsatuvchi korxonalar ushbu imtiyozni qoʻllashga haqlidir.

E’tibor bering

Ijtimoiy soliqning ushbu stavkasidan foydalanadigan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda:

  • imtiyozning amal qilishi toʻxtatiladi;
  • belgilangan moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.

 

 

JShDS va ijtimoiy soliq — maslahatlar JShDS va ijtimoiy soliq JShDS va ijtimoiy soliq — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text181354_kompyuter_hizmatlari_uchun_ijtimoiy_soliq_buyicha_imtiezdan_kimlar_foydalanadilar