Toʻlovlarni yoʻqotmasdan tovarni “import”dan “reeksport” rejimiga rasmiylashtirish

preview

“Kompaniya import rejimi (IM 40) uchun bojxona toʻlovini toʻladi. Kontragent kontrakt shartlarini toʻliq bajarmadi. Hozir xuddi shu tovarni reeksport rejimiga joylashtirish zarur. Ilgari toʻlangan bojxona bojlarini yoʻqotmasdan buni qanday toʻgʻri amalga oshirish mumkin?”. 

Masalani DBQ mutaxassislari tushuntirishdi:

 

– Ayni bir vaqtning oʻzida Bojxona kodeksining 6-bobida aytib oʻtilgan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda tovarni import rejimidan reeksport rejimiga qayta rasmiylashtirish mumkin:

  • kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan boʻlsa;
  • tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta’mirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno;
  • tovar oʻzgarmagan holatda turgan boʻlsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno .

Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytariladi . Bunda:

     1) tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish ma’lum qilingan kundan e’tiboran 2 yil ichida rasmiylashtirilishi kerak;

     2) tovar bojxona hududida ishlatilmagan va ta’mirlanmagan boʻlishi kerak, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno .

Yuqorida bayon etilgan vaziyatda toʻlangan toʻlovni qaytarish uchun:

  • shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga bojxona toʻlovi oʻtkazib berilgan bojxona organiga ariza topshiring;
  • undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting .

Ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan e’tiboran 10 ish kuni ichida toʻlovchining arizasiga koʻra qaror qabul qilinadi. Qoʻshimcha tekshiruvni amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish 10 ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi .

Bojxona toʻlovlarini toʻlovchiga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin, arizachi bojxona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.

Qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi .

Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni toʻlovchining roziligi bilan qaytarilishi lozim boʻlgan summa hisobidan soʻndiradi.

Qarzdorlik chegirilgandan keyin, toʻlovchi qolgan summani oladi.

E’tibor bering
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan e’tiboran 6 oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak . Agar bu amalga oshirilmasa, mazkur tovar xuddi erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandek, bojxona boji va soliqlarni toʻlashga toʻgʻri keladi.

Manbaga qarang.

Sizga quyidagi tavsiyalar asqotishi mumkin:

 

 

TIF — maslahatlar TIF TIF — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text181367_tulovlarni_yuqotmasdan_tovarni_importdan_reeksport_rejimiga_rasmiylashtirish