Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi norezidentdan binoni ijaraga olsa

preview

Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi boʻlgan korxona chet el kompaniyasi bilan uning Toshkent shahridagi binosini ijaraga olish uchun shartnoma tuzdi. Ijaraga oluvchida norezidentning xizmatlari boʻyicha QQS toʻlash majburiyati yuzaga keladimi, agar u - QQS toʻlovchisi boʻlmasa? 

Savolga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:

 

– Ha, mazkur holda ijaraga oluvchi soliq agentiga aylanadi va QQSni hisoblab chiqarishi va uni byudjetiga toʻlashi shart.

Oʻzbekiston realizatsiya qilish joyi boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchilar sifatida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, ular uchun QQS soliq agentlari - ushbu tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari tomonidan toʻlanadi .

Quyidagilar soliq agentlari boʻlishi mumkin:

  • Oʻzbekistonning yuridik shaxslari;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar (elektron shakldagi xizmatlar xaridorlari bundan mustasno);
  • Oʻzbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

Koʻchmas mol-mulk bilan bevosita bogʻliq xizmatlarni realizatsiya qilish joyi uning turgan joyi boʻyicha aniqlanadi. Agar mol-mulkning oʻzi Oʻzbekistonda turgan boʻlsa, bunday xizmatlar Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan hisoblanadi .

E’tibor bering
Soliq agentlari deb e’tirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq toʻlovchidan, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qat’i nazar, uni ushlab qolishi va byudjetga oʻtkazishi shart .

QQS boʻyicha soliq bazasi soliqni hisobga olgan holda xizmatlarni realizatsiya qilish qiymati sifatida aniqlanadi. Bunda, agar kontrakt shartlariga koʻra, chet ellik shaxs xizmatni soliqni hisobga olmagan holda taqdim etsa, soliq bazasini soliqni hisobga olmagan holda xizmatlar qiymatidan kelib chiqib aniqlang. Mazkur holda siz, soliq agenti sifatida, mustaqil ravishda soliqni hisoblab chiqarishingiz va byudjetga toʻlashingiz shart .

Misol
Norezidentdan binoni ijaraga olganda QQS hisob-kitobi
Ijara shartnomasi summasi - QQSsiz oyiga $1 000 (xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan (hisobvaraq-faktura imzolangan yoki xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi boshqa hujjat rasmiylashtirilgan) sanada Markaziy bank kursi boʻyicha 11 095 090 soʻm).

QQS summasi quyidagini tashkil etadi:

11 095 090 x 15% = 1 664 263,50 soʻm.

Bundan tashqari, hozir ijaraga oid munosabatlar davom etayotgan paytda siz har oyda (ijaraga toʻlov amalga oshirilgan va QQS toʻlangan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay) chet ellik shaxslardan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha QQS hisob-kitobini topshirishingiz kerak (shakl kodi 10001_4).

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text181552_aylanmadan_olinadigan_soliq_tulovchi_norezidentdan_binoni_ijaraga_olsa