9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Onlayn-NKM, virtual kassa va elektron toʻlov tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomda chekka tuzatish kiritish toʻgʻrisida qoida paydo boʻldi. Buxgalter.uz iltimosiga binoan yangilikni “Maron” MChJ TXKMning onlayn-NKMga xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassisi Rustam YaKUBOV tushuntirdi:
– Tovar qaytarilishini rasmiylashtirish masalalari koʻrib chiqiladigan Nizomning 6-bobi chekka tuzatish kiritish toʻgʻrisidagi yangi band bilan toʻldirildi.
Garchi maxsus funksional - my.soliq.uz da “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatida “Chekka tuzatish kiritish” havolasi anchadan beri mavjudligiga qaramay, ilgari Nizomda chekka tuzatish kiritish imkoniyati umuman nazarda tutilmagandi.
Nizomning 38-1-bandida tuzatish kiritishning umumiy tushunchalari keltirilgan, biroq uning texnologiyasi yozilmagan. Bunda muddat belgilangan: chekka xato aniqlangan oydan keyingi oyning 10-sanasiga qadar tuzatish kiritish mumkin.
Demak, chekka tuzatish kiritish uchun “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatida “Chekka tuzatish kiritish” funksionalidan foydalaning. Tuzatish kiritilgan cheklar soliq hisobotlarida 24 soat mobaynida aks ettiriladi.
Yangilangan aniq yoʻriqnoma yoki regulyatorning ushbu xizmat boʻyicha reglamentini olishni istardik. Hozircha, afsuski, toʻplangan tajribani umumlashtirgan holda mustaqil ravishda ishlashga toʻgʻri kelmoqda.
Hujjatlar roʻyxati
“Chekka tuzatish kiritish” funksionali barcha maydonlar toʻldirilgandan keyin talab qilinadigan hujjatlarni ilova qilish zaruratini nazarda tutadi:
1. Sizning murojaatingiz.
2. Davlat soliq organining xati.
3. Davlat soliq organining ma’lumotnomasi (oʻrganishi).
4. Mazkur holat boʻyicha xoʻjalik yurituvchi sub’yektning tushuntirish xati.
5. Ob’yektning (savdo shoxobchasining - tahririyat izohi) fotosurati (ichidan va tashqaridan).
6. Chek (notoʻgʻri urilgan) nusxasi.
7. Davlat soliq organi tomonidan vaziyatni oydinlashtirish uchun soʻrab olinadigan qoʻshimcha hujjatlar nusxasi.
Shu yerda savol tugʻiladi: keltirilgan roʻyxatdagi hujjatlarning toʻliq roʻyxatini har doim ilova qilish zarurmi? Amaliyotning koʻrsatishicha, har doim emas.
Arizaga ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxatida faqat QQS uchun istisno mavjud: “QQS hisob-kitobida “QQS toʻgʻrisida guvohnoma”ni ilova qilish yetarli boʻladi.
Chekning boshqa ma’lumotlariga tuzatish kiritishda arizaga hujjatlar roʻyxatida koʻrsatilgan barcha 6 tasini ilova qilish, soʻngra soliqchilar murojaatni koʻrib chiqish chogʻida talab qiladiganlarini ham taqdim etish lozimligi ma’lum boʻladi.
Biroq amaliyotda soliq inspeksiyasiga arizaga, misol uchun, soliq organi xulosasini ilova qilish uchun faqat tuzatish kiritish natijasida chekning summasi (soliq bazasi) kamaygan taqdirda murojaat qilish lozim. Hatto bu holda ham soliqchilar ilova qilingan hujjatlarda savdo shoxobchasining fotosurati mavjud emasligiga hech qachon e’tiroz bildirishmaydi.
Boshqa hollarda - arizaga tushuntirish xatini ilova qilish yetarli.
QQS
Agar QQS toʻlovchisiga aylangan holda siz onlayn-NKMni oʻz vaqtida qayta sozlamagan boʻlsangiz va sizning cheklaringiz aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisida kabi shakllantirishda davom etayotgan boʻlsa, QQSni hisoblab chiqaring va uni “Chekka tuzatish kiritish” shaklining tegishli maydonlariga yozing. Agar chekning umumiy summasi oʻzgarmasa, chekka avtomatik tarzda tuzatish kiritiladi.
MXIK va komitentning STIRi
Agar siz chekda MXIKga yoki komitentning STIRiga tuzatish kiritishingiz zarur boʻlsa, hujjatlar roʻyxati haqida ham qaygʻurishingiz shart emas. Tushuntirish xatini ilova qilish yetarli boʻladi. Bunda tuzatish kiritish uchun bunday arizalar siz “Joʻnatish”ga bosganingizdan soʻng darhol qabul qilinadi.
“MXIK” va “oʻlchov birligi” pozitsiyalari - bogʻlangan. “Oʻlchov birligi” ustunini toʻldirishda tushuvchi yoʻl-yoʻriqdan siz tasnif.soliq.uz da qadoqni shakllantirishda koʻrsatgan oʻlchov birligini tanlash imkoniyati mavjud.
Agar siz imtiyozni qoʻllash uchun MXIKga tuzatish kiritsangiz, soliq hisobotlarida ma’lumotlarning yangilanish jarayonini jadallashtirish mumkin. Buning uchun my.soliq.uz da shaxsiy kabinetning “Onlayn-NKM va virtual kassalar toʻgʻrisida axborot” interaktiv xizmatida:
1) dastlab “Imtiyozlar” menyusida “Yangilash” tugmasiga bosing;
2) soʻngra, “Tushumlar boʻyicha hisobot” havolasida ham “Yangilash” tugmasiga bosing.
“Ortiqcha” tovar
Agar siz chekda tovarlar roʻyxatidan nimanidir olib tashlasangiz, chekka tuzatish kiritish murakkabroq boʻladi. Masalan, chekda bir quti sut sotilgani koʻrsatilgan, haqiqatda esa bunday sotish boʻlmagan.
“Chekka tuzatish kiritish” shaklida “Tovar nomi” ustuni kulrang bilan ajratilgan, siz oʻzingiz nimanidir qoʻsha olmaysiz ham, olib tashlolmaysiz ham. Bunday vaziyatlarni hal qilish uchun soliqchilar keraksiz tovarning roʻparasida “Soni”, “Summasi”, “QQS” ustunlarida “nol” qoʻyishni tavsiya qiladilar. Bu holda ham ushbu operatsiyaga xulosa olish uchun soliq inspeksiyasiga murojaat qilishga toʻgʻri keladi, sababi chekda koʻrsatilgan summa kamayadi.
Amaliyotda kassirlar ham vaziyatdan chiqish uchun tovarni qaytarishni tezkor tarzda rasmiylashtirishadi. Buni qanday amalga oshirishni quyidagi materialda oʻqing:
Oleg GAYeVOY tayyorladi