9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Buxgalter.uz korxona xodimlari va uchinchi shaxslar uchun sayohat yoʻllanmalarini xarid qilishning soliq oqibatlari haqida koʻp marotaba yozgan edi. Mavzuning davomida yana ikkita vaziyatni koʻrib chiqamiz: 1) ish beruvchi yaxshi ishlaganligi uchun ayrim xodimlarini Buxoro va Samarqandga sayohat bilan ragʻbatlantirdi. Bunday ragʻbat ushbu xodimlar uchun moddiy naf hisoblanadimi? Bu hol uchun JShDS boʻyicha qandaydir imtiyozlar mavjudmi? 2) Xodim mustaqil ravishda Xivaga turistik yoʻllanma sotib oldi, u JShDS boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkinmi?
– Ha, korxona tomonidan turistik yoʻllanma xarid qilinishi va sayohat bilan bogʻliq xarajatlarga haq toʻlanishi ushbu xodimlar uchun moddiy naf hisoblanadi
.
Biroq, imtiyozlar ham mavjud:
1) agar tashkilot yoʻllanmalarning qiymatini toʻliq yoki qisman qoplasa, JShDS boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi, bundan turistik yoʻllanmalar mustasno
:
- nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga;
- oʻz xodimlarining 16 yoshgacha bolalari (oʻqiydiganlarga - 18 yoshgacha) uchun Oʻzbekiston hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, sanatoriy-kurort hamda sogʻlomlashtirish muassasalariga;
2) davlat fuqarolar va xodimlar uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida respublika boʻylab ichki sayohatga taalluqli preferensiya va imtiyozlarni belgiladi. Xususan, 2018 yil 10 fevraldan 2025 yil 1 yanvarga qadar
:
- ish beruvchining turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sub’yektlardan xodimlar va ularning oila a’zolari uchun respublika doirasida turistik turlarni sotib olish xarajatlari xodimning daromadi sifatida koʻrib chiqilmaydi. Binobarin - JShDS solinmaydi. Bundan tashqari, bunday xarajatlar yuridik shaxsdan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqishda chegirib qolinishi lozim
; - jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari Oʻzbekiston boʻylab turistik turlarni turizm sohasida faoliyat koʻrsatish boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan sub’yektlardan sotib olishga yoʻnaltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Turistik yoʻllanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yoʻl chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Binobarin, mustaqil ravishda oʻz nomiga yoʻllanma xarid qilgan xodim ham tasdiqlangan xarajatlar asosida soliq chegirmasi tarzida JShDS boʻyicha imtiyozni qoʻllashi mumkin. Buni korxona buxgalteriyasi orqali va jami daromad toʻgʻrisida deklaratsiya asosida amalga oshirish mumkin.
. Sayohatlar boʻyicha xarajatlar ish beruvchilarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga qoplanadi.Eslatib oʻtamiz: agar turistik yoʻllanmalar xarid qilishda tashkilot QQSni hisobga olgan boʻlsa, ularni xodimlarga topshirishda, bir tomonlama EHF rasmiylashtirgan holda yoʻllanmalar qiymatiga QQS soling
.
Tatyana LIMAREVA,
“Norma” eksperti