9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona norezident xodimlarni ishga jalb qildi va ular yashashi uchun kvartirani ijaraga olishni rejalashtiryapti. Mazkur holatda qanday soliq oqibatlari yuzaga kelishi mumkinligini buxgalter.uz iltimosiga binoan «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA tushuntirib berdi:

– Xodim uchun turar joy ijarasi boʻyicha korxona xarajatlari xodimning moddiy naf tarzidagi daromadi hisoblanadi
. Norezident jismoniy shaxs uchun ulardan:
- 20%lik stavka boʻyicha JShDS olinadi
; - ijtimoiy soliq olinmaydi
, sababi moddiy naf tarzidagi daromad mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromad hisoblanmaydi.
Norezident hisoblangan chet ellik shaxs ixtiyoriy ravishda Oʻzbekistonning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi ishtirokchisi boʻlishi mumkin. Bunda u majburiy tartibda hisobga qoʻyilmaydi va undan ShJBPHga badallar ushlab qolinmaydi.
Jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti huquqiga ega boʻlish uchun chet el fuqarolari Oʻzbekiston hududida doimiy yashashi lozim
.
Sizda chet ellik xodim ishlaydigan boʻlsa, bu yerda soliq solish va boshqa shunga oʻxshash masalalar boʻyicha yoʻriqnomalarni topishingiz mumkin:
- Chet ellik xodimlarning daromadlaridan JShDS boʻyicha hisobot qanday taqdim etiladi va soliq qanday toʻlanadi;
- Chet ellik mutaxassisning mehmonxonada yashash xarajatlari toʻlanganda, qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi;
- Chet ellik xodimga ish haqi qanday tartibda toʻlanadi;
- Kimlar va qanday daromadlardan ijtimoiy soliq toʻlaydi.
![]()