Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmon normalarini hisobga olgan holda: 1) norezidentlar uchun 2022 yil may oyida olingan daromadlar boʻyicha JShDSning 12% stavkasini qoʻllash mumkinmi; 2) norezidentning 20% stavka boʻyicha soliq solingan, yanvar-aprel uchun olingan daromadlarini 12% stavka boʻyicha qayta hisoblab chiqarish mumkinmi?
Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA javob berdi:
– Prezidentning 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoni bilan Moliya vazirligining 2022 yil 1 maydan boshlab norezidentning Oʻzbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari boʻyicha JShDS stavkasini 12% miqdorida belgilash haqidagi taklifi ma’qullandi
. Ushbu stavka dividendlar, foizlar va fraхtdan olinadigan daromadlarga tatbiq etilmaydi. Moliya vazirligi SKga tegishli oʻzgartirishlar toʻgʻrisida qonun loyihasini tayyorladi, uni muhokama qilish 2 iyunda yakunlandi.
Soliq stavkalari SK bilan belgilanishini hisobga olib
, norezidentlar uchun 12% stavkani SKga oʻzgartirishlar kuchga kirgandan keyingina qoʻllash mumkin boʻladi. Binobarin, bu vaqtga qadar 20% stavkani qoʻllashni tavsiya qilamiz.
E’tibor bering: soliqlar stavkalarini kamaytirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin
.
SKga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha qonun loyihasida 12% stavkani 2022 yil 1 maydan boshlab qoʻllash nazarda tutilgan. Biroq tegishli qonun imzolanishini kutish lozim.
SKga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng 2022 yil 1 maydan boshlab norezidentlarning daromadlari boʻyicha JShDSni 12% stavka boʻyicha qayta hisoblab chiqarish zarur boʻladi.
Aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish zarurmi
SKning 83-moddasiga asosan, agar soliq summasi kamaysa, qayta hisob-kitob topshirish majburiyati yuzaga keladi. Mazkur holda esa kamayish mavjud emas, shu bois soliq agenti aniqlashtirilgan hisob-kitobni topshirishga haqli, biroq majbur emas. Soliq hisoboti oʻsib boruvchi yakun bilan taqdim etilishini hisobga olgan holda, qayta hisob-kitob natijalarini oʻsib boruvchi yakun bilan keyingi hisobotda aks ettirishni tavsiya qilamiz.
Har qanday holda, SKning orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan normalarini qoʻllash munosabati bilan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish soliq хavfi darajasini aniqlash chogʻida hisobga olinishi kerak emas.
SKga oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng 12% stavkani faqat norezidentlarga 2022 yil 1 maydan boshlab hisoblanadigan va toʻlanadigan daromadlarga nisbatan qoʻllash mumkin boʻladi. Bunda bu - vaqtinchalik imtiyoz emas, balki doimiy norma.
2022 yilning yanvar–aprel oylari uchun hisoblangan va toʻlangan daromadlar boʻyicha soliqni qayta hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi. Ularga 20% stavka boʻyicha soliq solinadi.
![]()