Xorijiy vakillarning yashash xarajatlari qanday tasniflanadi

preview

Korxona chet el kompaniyasi - ta’sischi vakillarining yashash vaqtiga turar joyni ijaraga oladi. Mazkur holda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi? 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaxon ABBOSXONOVA javob berdi: 

 

– Hamkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekistonga kelgan boshqa tashkilotlar vakillariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar vakillik xarajatlariga kiritiladi.

Soliq kodeksi ushbu tushunchani belgilamaydi. Biroq Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarga qilingan chiqimlarni vakillik xarajatlariga kiritadi :

  • vakillarning rasmiy qabuli;
  • ularning transport ta’minoti;
  • muzokaralar vaqtida bufet xizmatlarini koʻrsatish;
  • tashkilot shtatida boʻlmagan tarjimon xizmatiga haq toʻlash.

Koʻrganimizdek, yashash xarajatlari vakillik xarajatlariga kiritilmagan. Ular jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari deb e’tirof etiladi va qabul qiluvchi korxonada (soliq agenti) JShDS solinadi .

Agar yashash boʻyicha xizmatlarga QQS solinsa, xorijiy vakillarning moddiy naf tarzidagi daromadini yashash qiymatidan kelib chiqib, QQSni hisobga olgan holda aniqlang .

Jismoniy shaxslarga ularning shaxsiy manfaatlarini koʻzlab korxonaning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yashash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish - bu QQS hisoblab chiqarish maqsadlarida realizatsiya qilish boʻyicha aylanma, agar xizmatlar qiymatidan QQS summasi hisobga olingan boʻlsa .

Korxonaning jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari foyda soligʻi hisob-kitobida chegirib tashlanmaydi .

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaxslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan xatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text181998_horijiy_vakillarning_yashash_harajatlari_qanday_tasniflanadi