Agar chet el kompaniyasi Oʻzbekistondagi klinika orqali xizmat koʻrsatsa

preview

“QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatadi. Korxona QQS boʻyicha soliq imtiyozlaridan foydalanadi. Bunda hisobvaraq-fakturalarda soliqni koʻrsatish zarurmi? QQS boʻyicha imtiyoz chet el kompaniyasi - hamkor tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarga tatbiq etiladimi? 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

 

– Tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma QQS solishdan ozod etiladi . Xususan, tibbiy yordamga va sanitariya xizmati koʻrsatishga doir xizmatlar, tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash boʻyicha xizmatlar, stomatologik xizmatlar, shu jumladan tishlarni protezlash boʻyicha xizmatlar imtiyoz ostiga tushadi.

Agar faoliyat - litsenziyalanadigan faoliyat boʻlsa yoki uning uchun boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar talab qilinsa, QQS boʻyicha imtiyozni faqat litsenziya yoki boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllash mumkin .

Tibbiyot muassasasi sanab oʻtilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatgan holda hisobvaraq-fakturani 9-ustunda “QQSsiz” deb koʻrsatgan holda taqdim etishi kerak .

 

Tibbiy xizmatlar importi

Agar norezident Oʻzbekiston hududida tibbiy xizmatlar koʻrsatsa, Oʻzbekiston xizmatlarni realizatsiya qilish joyi hisoblanadi .

Agar bunday xizmatlar sizning tibbiyot muassasangiz orqali soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobda turmaydigan chet el kompaniyasi tomonidan koʻrsatilsa, siz soliq agentiga aylanasiz va uning daromadining umumiy summasidan 15% stavka boʻyicha QQS hisoblab chiqarasiz .

SKning 243-moddasi 11-bandida nazarda tutilgan imtiyozlar, ekspertning fikriga koʻra, chet el kompaniyasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga tatbiq etilmaydi, sababi qonunchilikka muvofiq ruxsat etuvchi hujjatlarga ega boʻlish talabi bajarilmayapti. “Import uchun” bir tomonlama EHF taqdim etishda QQSning 15% stavkasini koʻrsatish lozim, deb hisoblayman.

Shu bilan birga, soliq maslahatchilarida boshqa fikr ham  mavjud. Kodeksda aynan Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq ruxsat etuvchi hujjatlarga ega boʻlish zarurligi aytilmagan. Shu bois mazkur masala yuzasidan fiskal organlarining ekspert xulosasini olishni tavsiya qilaman.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text182001_agar_chet_el_kompaniyasi_uzbekistondagi_klinika_orqali_hizmat_kursatsa