9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Shunday vaziyatlar boʻladiki, faoliyat koʻrsatayotgan korxonadan yangi xoʻjalik yurituvchi sub’yektni ajratib chiqarish biznes uchun eng yaxshi yoʻl boʻladi. Bunday strategiyaning ijobiy jihatlari haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan “Arkad Audit” konsalting kompaniyasi ta’sischisi Natalya TURALINOVA soʻzlab berdi:

– Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish - bu faoliyat koʻrsatayotgan korxonadan yangi korxonani ajratib chiqarish. Qayta tashkil etishdan keyin ikkala korxona faoliyat koʻrsatadi. Bunda yangi korxona, qoidaga koʻra, eski korxonaga nisbatan uning soliq majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanmaydi
.
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish turli sabablarga koʻra amalga oshiriladi. Ba’zan mulkdorlarni “ajratish” uchun, ba’zan - oʻzidan qandaydir faoliyat turini “ajratib chiqaradigan” biznesni boʻlish uchun eng yaxshi yechim. Sababi umuman oddiy boʻlishi ham mumkin: “yasalgan” aktivlardan xalos boʻlish, tasdiqlangan qoldiqlari bilan “toza” kompaniyada faoliyatni boshlash, boshqaruv samaradorigini oshirish va hokazo.
Ajratib chiqarish mol-mulkni topshirishning odatdagi sxemalaridan qanday farq qiladi? Yangi kompaniya ochib, unga ustav fondiga hissa kiritish orqali aktivlarni kiritish kabi eski va tushunarli usulda biznesni ajratish mumkin boʻlganda buxgalterlarni tushunarsiz qayta tashkil etishlar bilan qiynash nima uchun zarur? Yoki shunchaki eski korxonani yopib, yangisini ochish mumkin emasmi? Ajratib chiqarishga ustuvorlik berilishining bir nechta sabablari bor. Asosiylarini belgilaymiz:
a) soliqlarda tejash. Qoidaga koʻra, ular shunchaki mavjud emas. Kam uchraydigan istisno - SKning 92-moddasi 12-qismi.
b) yangi kompaniyaga nafaqat aktivlar, balki majburiyatlar ham topshiriladi. Bu - bankrotlik holatida butun biznesni tugatishdan qochish uchun ajoyib imkoniyat. Aynan nimani topshirishni mulkdorlarning oʻzi aniqlaydi;
c) qayta tashkil etishda, tugatishda boʻlgani kabi, soliq tekshiruvi mavjud emas;
d) yangi kompaniya soliq solishning istalgan rejimini tanlashi mumkin.
Ajratib chiqarish uchun asoslarni batafsil koʻrib chiqamiz
1. Mulkdorlarni “ajratish”
Agar ta’sischilar alohida ishlashga qaror qilishsa, ishtirokchini ulushini toʻlab chiqarib yuborish umuman shart emas. Hatto chiqib ketgan ishtirokchiga ulush mol-mulk bilan emas, balki pul bilan, demakki, QQSsiz toʻlangan taqdirda ham, bu manfaatsiz va qimmat boʻlishi mumkin.
Misol:
Chiqib ketgan ishtirokchi ulushining haqiqiy qismi - 600 mln soʻm, nominal qismi (UFga hissa) - 10 mln soʻm. Ulush pul (110,5 mln soʻm) va mol-mulk (460 mln soʻm QQSni hisobga olgan holda) bilan toʻlanadi.
Soliqlarning umumiy summasi 89,5 mln soʻmni tashkil etadi. Shundan: dividenddan olinadigan soliq - 29,5 mln soʻm (5% x 590 mln)
va QQS - 60 mln soʻm
. Bunda, agar mulkdor - jismoniy shaxs xuddi shu mol-mulkni yangi kompaniyaga kiritadigan boʻlsa, yangi kompaniyada ulushni toʻlashda hisoblangan QQSni hisobga olish huquqi boʻlmaydi, sababi unda (asossiz holda QQS toʻlovchisi boʻlmagan) zanjir uziladi.
Mol-mulkni ajratib chiqarish orqali yangi firmaga chiqarishda mazkur holda soliqlar boʻlmaydi
.
2. Balansni “tozalash”
Hisob yuritish “tarixi”da muammolari boʻlgan va endi ular faoliyatini boshidan boshlashni xohlayotgan korxonalarga asqotishi mumkin. Ajratib chiqarish – “yasalgan” aktivlar va majburiyatlarni eski balansda qoldirishning yaxshi usuli.
Misol.
Bizga savdo korxonasi hisobining holatini tekshirishni soʻrab murojaat qilishdi. 2020 yildan buyon korxonada hisob deyarli yuritilmaganligi ma’lum boʻldi. Bunda 50 mlrd soʻmdan ortiq aylanmaga ega korxona asosiy soliq hisob-kitoblari soliqlar ortiqcha toʻlangan holda EHA ma’lumotlari boʻyicha topshirilganligi sababli soliq tekshiruvlaridan muvafffaqiyatli qutilib qolgan. Maslahatchilar buxgalter tomonidan firibgarlik natijasida koʻrilgan zararning aniq summasini aniqlashdi. Biroq masala boshqacha - kompaniya keyinchalik qanday faoliyat koʻrsatadi?
Korxonaning joriy faol faoliyatida hisobni tiklash - qimmatga tushadi. Tugatish paytida oʻtkaziladigan soliq tekshiruviga korxona tayyor emas. Keyinchalik tartibsizlikni keltirib chiqarmaslik uchun qanday yoʻl tutish lozim?
Biz mijozga TMZ, debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish, tasdiqlangan aktiv va majburiyatlarni ajratib chiqarish orqali yangi yuridik shaxsga chiqarishni tavsiya qildik. Yangi kompaniyada hisobni professionallarga ishonib topshirish va shu paytdan boshlab korxona faoliyati mutlaqo shaffof boʻlishiga ishonch hosil qilish zarur.
Eski kompaniyada hisobni shoshmasdan tiklash ancha oson va arzonga tushadi, buni bilim va koʻnikmaga ega bitta buxgalter uddalaydi.
3. Soliq rejimini saqlab qolish
Korxona yuqori rentabellik bilan ishlamoqda. Unga aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash foydaliroq. Bu holda tovar zaxirasining bir qismini ajratib chiqarish orqali bir nechta yangi xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga chiqarish mumkin, agar korxona ularni soliqlar kamayishi bilan asoslantirmay, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini asoslab bersa. Masalan, quyidagilar buning maqsadi boʻlishi mumkin:
- biznes jarayonlarini maqbullashtirish;
- biznesning turli yoʻnalishlarini ajratish yordamida moliyaviy natijalarni yaxshilash;
- keyingi oʻsish uchun raqobatdosh ustunlikka ega boʻlish va hokazo.
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik topshiriladigan aktivlarni mustaqil tarzda baholash imkonini beradi
, tovarlar balans qiymati boʻyicha chiqariladi. Ya’ni, mohiyatiga koʻra, asosiy kompaniya faqatgina topshiriladigan tovarga nisbatan hisobga olish imkoniyatini yoʻqotadi. Ushbu xarajatlar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashda ortigʻi bilan kompensatsiya qilinadi. Ajratib chiqarish asosiy kompaniyaga ham 1 mlrd soʻm miqdoridagi chegaradan oshish kutilayotganda aylanmadan olinadigan soliq toʻlash huquqini yoʻqotmaslikka yordam beradi.
Yana bir bor eslatib oʻtamiz: ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish instrumentidan faqat soliq rejimi bilan bogʻliq boʻlmagan holda sizning xoʻjalik faoliyatingiz natijalari uchun uning iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlashini asoslab bera olishingiz sharti bilan foydalanish mumkin.
Agar qayta tashkil etishning asosiy maqsadi - soliqlarni minimallashtirish boʻlsa, u huquqni suiiste’mol qilish deb e’tirof etilishi mumkin
.
Xulosa:
Ajratib chiqarish tarzidagi qayta tashkil etish haqiqatan koʻplab muammolarni hal qilishga yordam beradi. Texnik masalalar qolmoqda:
- Taqsimlash balansi qanday rasmiylashtiriladi:
- Mol-mulkni baholashning qanday usulini qoʻllash zarur?
- Bir va boshqa kompaniyalarda ajratib chiqarish qanday oʻtkazmalar bilan aks ettiriladi?
Biz bularning barchasini “Buxgalter boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish haqida nimalarni bilishi muhim” vebinarida muhokama qilamiz.
Oʻtkazish sanasi – 2022 yil 5 iyul.
Boshlanishi – 15:30 da.
![]()